Jizzax politexnika instituti qoşidagi Avtomobilsozlik muhandislik maktabi hamda Toşkent şahar Çilonzor tumani 3-son texnikumi örtasida tuzilgan hamkorlik şartnomasi doirasida texnikum öquvçilari uçun ikki haftalik maxsus öquv-amaliy dasturi taşkil etildi.
Dasturdan közlangan asosiy maqsad — öquvçilarning kasbiy könikmalarini şakllantiriş, nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlaş hamda avtomobilsozlik sohasi uçun malakali mutaxassislar tayyorlaşga hissa qöşişdan iborat.
Amaliyot — haqiqiy işlab çiqariş jarayonlarida!
Öquv dasturi davomida iştirokçilar mamlakatimiz avtomobilsozlik sanoatining yetakçi korxonalari — “BYD Uzbekistan Factory” QK MÇJ hamda “ADM Jizzakh” AJ işlab çiqariş majmualarida bölişdi.
Korxonalarga taşriflar davomida öquvçilar zamonaviy texnologik liniyalar, avtomobillarni yiğiş bosqiçlari va sifat nazorati jarayonlari bilan yaqindan tanişib, işlab çiqariş muhitida amaliy maşğulotlarda qatnaşdilar. Bu esa ularga kelajakdagi kasbiy faoliyati uçun zarur bölgan bilim va tajribalarni egallaş imkonini berdi.
Bunday hamkorlik taşabbuslari yoşlarning kasbiy tayyorgarligini oşiriş, ularni zamonaviy işlab çiqariş talablariga mos ravişda tayyorlaş hamda ta’lim muassasalari bilan sanoat korxonalari örtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.