Img
3-Noyabr, 2026-yil

Prezident topşiriği ijrosi: JizPI rektori “Qaşqadaryo tajribasi” bilan tanişdi

Prezidentimiz topşiriği ijrosi doirasida Qarşi davlat universitetida şakllangan “Qaşqadaryo tajribasi”ni respublikaning boşqa oliy ta’lim taşkilotlarida ommalaştiriş maqsadida tajriba almaşiş jarayonlari davom etmoqda.

Bugun Jizzax, Sirdaryo va Toşkent viloyatlari hamda Toşkent şahridagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari Qarşi davlat universitetiga taşrif buyurib, universitetda yaratilgan şart-şaroitlar va zamonaviy ta’lim infratuzilmasi bilan tanişdilar.

Jizzax politexnika instituti rektori, texnika fanlari doktori, professor Alişer Usmankulov ham mazkur universitetga taşrif buyurib, oliygohda yaratilgan şart-şaroitlar va zamonaviy ta’lim infratuzilmasi bilan yaqindan tanişdi.

Taşrif dasturi doirasida mehmonlar Tillar fakulteti binosi, “Loçin” futbol klubi stadioni, Anjumanlar saroyi, Talabalarga xizmat körsatiş markazi, Xalqaro ilmiy laboratoriyalar markazi hamda Yoşlar markazini közdan keçirdilar.

Xususan, xorijiy tillarni örganiş markazlari, Erasmus+ dasturlari ofisi va xalqaro imtihonlar test markazi faoliyati, talabalarga körsatilayotgan xizmatlarni raqamlaştiriş hamda inson omilini kamaytiriş orqali boşqaruv jarayonlarini takomillaştiriş tajribasiga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliy işlanmalarga aylantiriş va spin-off korxonalarini taşkil etişga qaratilgan yondaşuvlar bilan tanişildi.

Taşrif yakunida Yoşlar markazida seminar taşkil etildi. Unda universitetda ta’lim jarayonini samarali taşkil etiş, raqamlaştiriş, talabalar bandligini ta’minlaş hamda işlab çiqariş korxonalari bilan hamkorlikni rivojlantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan taqdimot ötkazildi.

Uçraşuv davomida oliy ta’lim muassasalari örtasida özaro tajriba almaşiş, ilğor tajribalarni örganiş va ularni amaliyotga tatbiq etiş masalalari muhokama qilindi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3