Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
25.09.2024

Sanoat texnologiyalari fakultetida akademiklar bilan uchrashuv tashkil etildi

Joriy yil 25-sentabr Sanoat texnologiyalari fakultetida institut rektori tomonidan 2024-yil 28-avgustda tasdiqlangan “Jizzax politexnika institutida 2024/2025-o‘quv yili davomida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha yillik kalendar ish reja”sining 52-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Akademik va talaba-yoshlar” mavzusida uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti “Matematik modellashtirish” kafedrasi akademiklari Baxtiyor Xo‘jayev va Vishvanatan Konnakan Konnan, Jizzax politexnika instituti professorlari Urishboy Yo‘ldoshev va Salim Otaqulovlar ishtirok etdi. Tadbirni Sanoat texnologiyalari fakulteti dekani I.Abbazov ochib berdi. Navbatda so‘zga chiqqan Samarqand davlat universiteti “Matematik modellashtirish” kafedrasi akademigi Baxtiyor Xo‘jayev o‘z nutqida talabalarga o‘zining hayot yo‘llari, ilmiy faoliyati haqida so‘zlab berdi. Har bir talaba o‘z oldiga ma’lum bir maqsadni qo‘yishi, bu yo‘lda uchraydigan barcha to‘siqlarni aql bilan yengib o‘tishi, har qanday holda ham taslim bo‘lmaslik kerakligini, hamisha olg‘a intilish, xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarish zarurligini aytib o‘tdi. Talabalarga o‘qishlariga muvaffaqiyat tilab o‘z nutqini yakunladi. Shundan so‘ng so‘zga chiqqan akademik Vishvanatan Konnakan Konnan o‘z nutqida bugungi kunda jamiyatimizda ilm-fanning rolini oshirish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantirish, ilg‘or ilmiy yutuqlarni amaliyotga joriy etish, joylarda ilmiy maktablarni mustahkamlash, iste’dodli yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish muhim vazifalardan biri ekanligini ta’kidladi. Uchrashuv qizg‘in savol-javoblarga boy bo‘ldi. Muloqot vaqtida talabalar o‘zlarining savollariga yetarlicha javob oldilar. Erkin tarzda o‘tkazilgan uchrashuv talabalarda ilmiy hayotga qiziqish uyg‘otib, keng mazmunli taassurot qoldirdi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3