Img
4-Noyabr, 2026-yil

Yoşlar bilan muloqot: ta’lim va kelajak imkoniyatlari

Jizzax politexnika institutida yoşlarni qöllab-quvvatlaş, ularning ta’lim olişi va kelajakdagi kasbiy faoliyati uçun yaratilgan imkoniyatlar haqida keng ma’lumot berişga qaratilgan uçraşuvlar davom etmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul institutning öquv işlari böyiça prorektori Maxsudjon Oçilov tomonidan Jizzax şahar 1-son texnikumida taşkil etildi.

Uçraşuv davomida texnikum öquvçilariga Jizzax politexnika institutining faoliyati, ta’lim yönalişlari, zamonaviy laboratoriyalar, talabalar uçun yaratilgan şart-şaroitlar hamda yoşlarning bilim va salohiyatini rivojlantirişga qaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Şuningdek, abituriyentlarni oliy ta’limga tayyorlaş kurslari, turli tögaraklar, kunduzgi, keçki va masofaviy ta’lim şakllari, 2+2 qöşma ta’lim dasturlari, talabalar turar joylari hamda yoşlarga taqdim etilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar xususida söz yuritildi.
Muloqot davomida öquvçilar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mutaxassislardan batafsil va aniq javoblar oldilar.

Bunday uçraşuvlar yoşlarning oliy ta’lim haqidagi tasavvurlarini kengaytiriş, ularni kasb tanlaşda töğri yönaltiriş hamda kelajak maqsadlarini aniq belgilaşga kömaklaşadi. Zero, bugungi yoşlarning bilimli va malakali mutaxassis bölib yetişişi — kelajak taraqqiyotining muhim poydevoridir.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3