Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 2-dekabrda Jizzax viloyatiga taşrifi davomida Jizzax politexnika instituti qoşida atom energetikasi sohasida muhandislik maktabini taşkil etiş hamda “Moskva muhandislik fizika instituti” Milliy tadqiqot yadro universiteti bilan hamkorlikda qöşma ta’lim dasturlarini joriy etiş böyiça muhim topşiriqlar berilgan edi.
Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlaş maqsadida Jizzax politexnika instituti hamda Toşkent şahridagi “Moskva muhandislik fizika instituti” Milliy tadqiqot yadro universiteti filiali rahbariyati örtasida navbatdagi onlayn uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuvda amalga oşirilayotgan işlarning joriy holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etiş çoralari muhokama qilindi. Xususan, muhandislik maktabi binolarini quriş loyihasini 2027-yilgi investitsiya dasturiga kiritiş bilan boğliq işlarni jadallaştiriş yuzasidan kelişuvga erişildi.
Şuningdek, qöşma ta’lim dasturlarini joriy etiş uçun tayyorlanayotgan hujjatlarni tegişli vazirlik ekspertizasiga taqdim etiş masalasi körib çiqildi. Hujjatlar töplamining asosiy qismi tayyorlangani qayd etilib, qolgan hujjatlarni qisqa muddatda yakunlaş hamda ekspertizaga taqdim etiş jarayonini tezlaştiriş böyiça navbatdagi vazifalar belgilab olindi.