Jizzax politexnika instituti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Maqsudjon Ochilov hamda Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Muhriddin Eshqulov “Yangi energiya va intellektual transport vositalari” (International Conference on New Energy and Intelligent Vehicles) mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda.
Mazkur xalqaro anjuman yangi energiya texnologiyalari, elektromobillar, intellektual transport tizimlari hamda innovatsion muhandislik yechimlari sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganish, ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish va xalqaro aloqalarni kengaytirish uchun muhim muloqot maydoni hisoblanadi.
Institut vakillarining ushbu konferensiyadagi ishtiroki xalqaro ilmiy va akademik hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or xorijiy tajribalarni ta’lim va ilmiy tadqiqot jarayonlariga tatbiq etish hamda istiqbolli qo‘shma loyihalarni rivojlantirishga qaratilgan.