Img
9-Noyabr, 2026-yil

Jizzax politexnika instituti va Hefei texnologiya universiteti o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

Xitoy Xalq Respublikasining Hefei shahrida xizmat safarida bo‘lib turgan Jizzax politexnika instituti delegatsiyasi vakillari Hefei texnologiya universiteti rahbariyati bilan rasmiy muzokaralar olib bordi.

Uchrashuv davomida sun’iy intellekt, yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi transport vositalari texnologiyalari, robototexnika va mexatronika yo‘nalishlari bo‘yicha “2+2” shaklidagi qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish masalalari muhokama qilinib, tegishli kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, tomonlar hamkorlikda ilmiy-amaliy va innovatsion loyihalarni ishlab chiqish hamda amaliyotga tatbiq etish, professor-o‘qituvchilar va talabalar akademik almashinuvini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha kelishib oldilar.

Mazkur kelishuvlar ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ta’lim va ilm-fan integratsiyasini rivojlantirish hamda zamonaviy muhandislik yo‘nalishlarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga xizmat qiladi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3