Bugun Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Innovatsion rivojlaniş va axborot texnologiyalari masalalari qömitasi a’zosi Behzod Töxtamurodov Jizzax viloyatida yoşlarning innovatsion taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, yoş ixtiroçilarning ilğor ğoyalarini amaliy loyihalar va biznes taşabbuslariga aylantiriş borasida amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişdi.
Xizmat safari doirasida INNO Science Park, Jizzax politexnika instituti Avtomobilsozlik muhandislik maktabi, institutning Muqobil energiyalarni tadqiq etiş ilmiy-amaliy markazi hamda Jizzax yoşlar texnoparkiga taşrif buyurildi. Taşriflar davomida mazkur maskanlarda yaratilgan şaroitlar, yoşlar uçun mavjud imkoniyatlar, amalga oşirilayotgan loyihalar hamda startap ekotizimini rivojlantirişga qaratilgan taşabbuslar bilan yaqindan tanişildi.
Xususan, INNO Science Parkda yoşlarning innovatsion ğoyalarini röyobga çiqariş uçun yaratilgan infratuzilma, mavjud imkoniyatlar va istiqboldagi rejalar közdan keçirildi.
Jizzax yoşlar texnoparkida esa faoliyat yuritayotgan yoş startapçilarning loyihalari, erişilgan natijalari hamda “InnoX” biznes-inkubatorlik dasturi doirasida taşkil etilayotgan maşğulotlar bilan yaqindan tanişildi.
Şuningdek, Jizzax politexnika instituti Avtomobilsozlik muhandislik maktabi hamda institutning Muqobil energiyalarni tadqiq etiş ilmiy-amaliy markazi faoliyati örganildi. Mazkur maskanlarda yoşlarning muhandislik va amaliy könikmalarini rivojlantiriş, zamonaviy texnologiyalar bilan işlaş tajribasini şakllantiriş hamda nazariy bilimlarini amaliyot bilan uyğunlaştirişga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.
Taşrif va uçraşuvlar davomida yoşlarning innovatsion ğoyalarini qöllab-quvvatlaş, istiqbolli işlanmalarni amaliyotga joriy etiş va tijoratlaştiriş, şuningdek, startap loyihalarni investitsiyaviy jihatdan rivojlantirişda yoşlar texnoparklarining muhim örni ta’kidlandi.
Mazkur yönalişdagi işlarni izçil davom ettiriş, yoş ixtiroçi va tadbirkorlarning taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda ularning innovatsion salohiyatini röyobga çiqariş böyiça hamkorlikni yanada kuçaytiriş zarurligi qayd etildi.