Jizzax politexnika institutida 2026–2027-yillar kuz-qiş mavsumini betalofat ötkaziş, fuqarolar hayoti va xavfsizligini ta’minlaş maqsadida “Energiya resurslaridan xavfsiz foydalaniş oyligi” doirasida tarğibot va profilaktika tadbiri taşkil etildi.
Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’ul xodimi, podpolkovnik B. Ikromov, Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi boşliği, polkovnik F. Dadabayev, boşqarma boşliğining profilaktika böyiça örinbosari, podpolkovnik A. Mustafoyev, Jizzax şahar Favqulodda vaziyatlar bölimi boşliği, podpolkovnik F. Raxmankulov, şahar gaz ta’minoti bölimi xodimi Ğ. Baratov, instituti Yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça birinçi prorektori S. Eşbekova hamda talaba-yoşlar iştirok etdi.
Tadbir davomida kuz-qiş mavsumida is gazidan zaharlaniş, tabiiy gaz va havo aralaşmasining çaqnaşi, yonğinlar hamda boşqa noxuş hodisalarning oldini oliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Isitiş uskunalari va gaz jihozlaridan xavfsiz foydalaniş, dudburonlarning sozligini nazorat qiliş, qölbola va nostandart elektr hamda gaz isitiş moslamalaridan foydalanmaslik, elektr tarmoqlariga ortiqça yuklama bermaslik yuzasidan tuşuntirişlar berildi.
Örganişlar davomida yonğin va texnika xavfsizligi talablariga javob bermaydigan, inson hayoti va salomatligiga xavf tuğdiruvçi kamçiliklar aniqlangan ijara xonadonlarida uşbu kamçiliklarni bartaraf etiş, aks holda ijara şartnomalarini bekor qiliş masalasi belgilab olindi.
Tadbir yakunida talabalarga va mas’ul xodimlarga sertifikatlangan isitiş moslamalaridan foydalaniş, tutun va gaz analizatorlarini örnatiş hamda favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda töğri harakat qiliş böyiça amaliy tavsiyalar va eslatmalar berildi.
Mazkur profilaktik tadbir energiya resurslaridan xavfsiz foydalaniş madaniyatini oşiriş, kuz-qiş mavsumida yuzaga kelişi mumkin bölgan favqulodda vaziyatlarning oldini oliş hamda talaba-yoşlar va mas’ul xodimlarning xavfsizlik borasidagi bilim va mas’uliyatini yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.