Joriy yilning 24-sentabr sanasida Jizzax shahrida “Jizzax va Rostov viloyatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish” biznes forumi bo‘lib o‘tdi, ushbu forumda Jizzax politexnika institutidan Yoshlar ishlari va ma’naviy-marifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Eshbekova, Energetika va elektr texnologiyasi kafedrasi professori U.Yo‘ldashevlar ishtirok etishdi. Forum doirasida Don davlat texnika universiteti va Jizzax politexnika instituti o‘rtasida hamkorlik kelishuvi imzolandi. Ushbu hamkorlik kelishuvida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish, talabalar uchun mobillik imkoniyatlarini yaratish, professor-o‘qituvchilar stajirovkalarini tashkil etish va talabalarning amaliyot dasturlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Forumdan so‘ng Don davlat texnika universiteti rektori B.Mesxi va Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i A.Vinitskaya Jizzax politexnika institutiga tashrif buyurishdi va institutning moddiy texnik bazasi bilan tanishishdi. Batafsil / Fotogalereya: 👉 https://t.me/jizpi_online/32380