2024-yil 24-sentabrda Xitoyning Pekin shahridagi Shimoliy Xitoy texnologiya universitetida mezbonlar va 7 ta O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvning asosiy maqsadi "Bir makon, bir yo‘l" dasturi doirasida qo‘shma laboratoriyalar tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarni imzolash edi. Shunga ko‘ra Jizzax politexnika instituti ushbu dastur doirasida Energetika hamda Yo‘l xarakati xavfsizligi nazorati yo‘nalishlarida 2 ta qo‘shma laboratoriya tashkil etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzoladi. Batafsil / Fotogalereya: 👉 https://t.me/jizpi_online/32387