Xabaringiz bor, Jizzax politexnika institutining bir guruh professor-o‘qituvchilari hozirda Shimoliy Xitoy Texnologiyalar institutida qisqa muddatli malaka oshirish kurslarida qatnashib kelishmoqda. Energetika muhandisligi fakulteti “Fizika” kafedrasi o‘qituvchisi Eshqulov Muhriddin ham mana shu malaka oshirish kurslarida professor Lili Sui rahbarligida “Kollektor yoriqlari tarmog‘ining miqdoriy aniqlash usuli va uning tadqiqotda qo‘llanilishi” (Quantification method of reservoir crack network and its application in research) mavzusida o‘z tadqiqotlarini amalga oshirmoqda.