Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
28.09.2024

2024-yil 27-sentabrda Jizzax politexnika institutiga Nankin transport texnologiyalari kasb-hunar institutining delegatsiyasi prezident professor Van Daofen rahbarligida tashrif buyurdi.

2024-yil 27-sentabrda Jizzax politexnika institutiga Nankin transport texnologiyalari kasb-hunar institutining delegatsiyasi prezident professor Van Daofen rahbarligida tashrif buyurdi. Tashrif doirasida 2022-yil dekabrida boshlangan oliy ta'lim, fan, texnika va texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni faol rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar davom ettirildi. Tomonlar mutaxassislarni tayyorlash sifatini yanada oshirish, avtomobilsozlik va logistika sohalarida o'qituvchilar uchun malaka oshirish kurslari va stajirovkalar tashkil etish imkoniyatlarini muhokama qildilar. Tashrif davomida "Zheng He College" loyihasida ishtirok etayotgan talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi va ularga esdalik sovg'alari topshirildi. Shuningdek, delegatsiya a'zolari institutning moddiy-texnik bazasi bilan tanishdilar va Jizzakdagi BYD zavodiga tashrif buyurdilar. https://t.me/jizpi_online/32533

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3