Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi
Img
28.09.2024

2024-yil 27-28-sentabr kunlari Istanbul texnika universitetida III O‘zbekiston-Turkiya ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda Jizzax politexnika instituti rektori Alisher Usmankulov va ilmiy ishlar va in

2024-yil 27-28-sentabr kunlari Istanbul texnika universitetida III O‘zbekiston-Turkiya ta’lim forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda Jizzax politexnika instituti rektori Alisher Usmankulov va ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Jamshid Abdunazarov ishtirok etdilar. Forum doirasida Jizzax politexnika instituti Karadeniz texnika universiteti, Izmir texnologiya instituti, Anqara Yildirim Beyazıt universiteti bilan Memorandumlar imzoladi, shuningdek, Karamanog‘lu Mehmetbey universiteti bilan energetika sohasida ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Sakarya amaliy fanlar universiteti bilan o‘zaro anglashuv memorandumi hamda Evropa Ittifoqining Erasmus+ loyihalari doirasida oliy ta’lim muassasalarning salohiyatini oshirishga qaratilgan loyihalarida birgalikda ishtirok etish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Forum davomida Istanbul texnika universiteti va Haceteppe universiteti bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, natijada energetika, qurilish materiallari va avtomobilsozlik sohalarida hamkorlik to‘g‘risida og‘zaki kelishuvlarga erishildi. 👉 Batafsil: https://t.me/jizpi_online/32548

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3