2024-yil 28-avgustda tasdiqlangan “Jizzax politexnika institutida 2024/2025-o‘quv yili davomida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo‘nalishida amalga oshiriladigan vazifalar bo‘yicha yillik kalendar ish reja”sining 43-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Sanoat texnologiyalari fakultetida "Millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik" mavzusi ostida targ‘ibot-tashviqot tadbiri o‘tkazildi. Mazkur tadbirda Jizzax viloyat ichki ishlar boshqarmasi, terrorizmga qarshi kurashish boshqarmasi katta tezkor vakili kapitan B.Boshmonov, Jizzax politexnika instituti inspektori mayor I.Buriyev, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor kapitan N.Rasulova, fakultet Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari U.Sherqulov, fakultet tyutorlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglikni ta’minlash davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligi hamda mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan islohotlarni talaba- yoshlarga tushuntirib o‘tildi. Qolaversa, biz ko‘p millatli katta va yagona oila ekanligimizni unutmasligimiz kerakligi ta'kidlandi.