YONALISH

— 70710411 —

Muqobil energiya manbalari

📖 Ta'lim shakli : Kunduzgi
🌐 Ta'lim tili : O‘zbek
⏳ Dastur davomiyligi : 2 yil
🎓 Beriladigan daraja : Magistr
🔢 Dastur kodi : 70710411
📚 Dastur nomi : Muqobil energiya manbalari
Default Image

Muqobil energiya manbalari magistratura mutaxassisligida ta’lim oluvchi bir semester davomida 30 kreditni, bir o‘quv yili bo‘yicha 60 kreditni to‘plashi zarur. O‘qish muddati 2 yil bo‘lib, talaba dastur yakunlangangunga qadar 120 kredit to‘plashi kerak.
Talaba uchun bir ECTS kreditning soatlardagi miqdori 1 kredit 30 akademik soatni tashkil etadi va talabaning bir yillik o‘quv yuklamasi 60 kredit 1800 akademik soatdan iborat bo‘ladi. Shundan – 30% auditoriya soati, 70% mustaqil ta’lim soatiga bo‘linadi. Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan kreditlar hajmi fanlar katalogida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.
70710411 – Muqobil energiya manbalari – “Muhandislik ishi” ta’lim sohasiga oid mutaxassislik bo‘lib, barcha ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid fanlarni o‘qitish, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlarida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, aksiyadorlik jamiyatlarida, ishlab chiqarish korxonalarida, jumladan: quyosh va shamol elektr stansiyalari, ularning tarmoqlari va ularning jihozlarini loyihalash, ishlab chiqarish, montaj qilish, sozlash va ishlatish bilan shug‘ullanuvchi barcha sanoat tashkilotlari majmuyini qamrab oladi.
70710411 – Muqobil energiya manbalari magistratura mutaxassisligi kasbiy faoliyatlarining obyektlari
oliy ta’lim, qayta tayyorlash va malaka oshirish, professional ta’lim muassasalarida pedagogik faoliyat;
Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlarida hamda oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati va jarayonlar;
qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim tizimi muassasalari;
davlat boshqaruvi va uning turli hududiy bo‘linmalari;
muqobil energiya manbalari asosidagi (quyosh, shamol, geotermal, biogaz va boshqa turdagi yoqilg‘i resurslari) qurilmalari diagnostikasi va sinovi;
muqobil energiya manbalari asosidagi (gidravlik, quyosh, shamol, geotermal, biogaz va boshqa turdagi yoqilg‘i resurslari) qurilmalarni loyihalash tizimlari;
quyosh issiqlik qurilmalari va tizimlari;
muqobil energiya manbalari asosida ishlab chikilgan elektr energiya ta’minoti tizimlari;
muqobil energiya manbalari energetik qurilmalarini ishlab chiqarish korxonalari;
muqobil yokilgi resurslarini ishlab chiqarish obyektlari.

1-kurs, 1-semestr - 1-kurs, 1-semestr

Fan kodi Fanning malaka kodi Fan nomi Soat Kreditlar Tanlov turi
1 1.01 ITMM04 Ilmiy tadqiqot metodologiyasi 120 4 Majburiy fan
2 1.03 MEMFIA1121 Muqobil energiya manbalaridan foydalanishning ilmiy asoslari 150 5 Majburiy fan
3 1.06 MYICHJ1106 Muqobil yoqilg`ilarni ishlab chiqarish jarayonlari 180 6 Majburiy fan
4 2.01 QITT2106 Quyosh issiqlik ta’minoti tizimlari 180 6 Tanlov fani
5 2.01 MEMAEQLAT2 Muqobil energiya manbalari asosidagi energetik qurilmalarni loyihalashning avtomatik tizimlari 180 6 Tanlov fani
6 3.01 ITIMDT3123 Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ish, magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash 150 5 Majburiy fan
7 3.02 IPI312312 Ilmiy pedagogik ish 120 4 Majburiy fan
Jami: 1080 36

1-kurs, 2-semestr - 1-kurs, 2-semestr

Fan kodi Fanning malaka kodi Fan nomi Soat Kreditlar Tanlov turi
1 1.03 MEMFIA1121 Muqobil energiya manbalaridan foydalanishning ilmiy asoslari 150 5 Majburiy fan
2 1.04 QEFETQ1231 Quyosh energiyasidan foydalanishning energetik tizimlari va qurilmalari 180 6 Majburiy fan
3 1.05 MEMAEQO’LE Muqobil energiya manbalari asosidagi energetik qurilmalarni o`rnatishni loyihalash va ekspluatatsiyaga tayyorlash 150 5 Majburiy fan
4 2.02 ZQEFT2204 Zamonaviy quyosh elementlari fizikasi va texnologiyasi 120 4 Tanlov fani
5 2.02 MEMEY2204 Muqobil energiya manbalari energiyasini yig’ish 120 4 Tanlov fani
6 2.03 ZSHEQT2204 Zamonaviy shamol energetik qurilmalari va tizimlar 120 4 Tanlov fani
7 2.03 VT2204 Vodorod texnologiyalari 120 4 Tanlov fani
8 3.01 ITIMDT3123 Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ish, magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash 90 3 Majburiy fan
9 3.02 IPI312312 Ilmiy pedagogik ish 90 3 Majburiy fan
Jami: 1140 38

2-kurs, 3-semestr - 2-kurs, 3-semestr

Fan kodi Fanning malaka kodi Fan nomi Soat Kreditlar Tanlov turi
1 1.02 MFO'M1304 Maxsus fanlarni o`qitish metodikasi 120 4 Majburiy fan
2 1.04 QUEFETQ123 Quyosh energiyasidan foydalanishning energetik tizimlari va qurilmalari 180 6 Majburiy fan
3 1.05 MEMAEQO’LE Muqobil energiya manbalari asosidagi energetik qurilmalarni o`rnatishni loyihalash va ekspluatatsiyaga tayyorlash 150 5 Majburiy fan
4 3.01 ITIMDT3123 Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ish, magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash 300 10 Majburiy fan
5 3.02 IPI312312 Ilmiy pedagogik ish 150 5 Majburiy fan
Jami: 900 30

2-kurs, 4-semestr - 2-kurs, 4-semestr

Fan kodi Fanning malaka kodi Fan nomi Soat Kreditlar Tanlov turi
1 3.01 ITIMDT3123 Ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ish, magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash 600 20 Majburiy fan
2 3.03 IA3410 Ilmiy amaliyot (tajriba orttirish) 300 10 Majburiy fan
Jami: 900 30