Ishchi guruh rahbari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Markaz sektor boshligi Sh.Nazarov hamda ishchi guruh a’zolari Uzoqov Hasan Sidiqboy o‘g‘li, Erkinov Mirazim Baxtiyor o‘g‘li, Ruziev Bexzod Rustamovichlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi PQ-4965-qarori talablari asosida Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlari faoliyati samaradorligini monitoring qilib borish bo‘yicha reja-topshiriqga asosan Jizzax politexnika instituti Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi (keyingi o‘rinda – TIQQM) faoliyati tashkil etilgan.
Muassasada TIQQM alohida xona (A-binoda) bilan ta’minlangan, faoliyat olib borish uchun zaruriy texnik vositalar bilan jihozlangan (kompyuter, printer, internet tarmog‘iga ulanilgan).
TIQQM xizmat xonasida markaz tashkil etilgani haqidagi belgilar va e’lonlar, muassasaning veb-saytida alohida bo‘lim tashkillashtirilmagan.
2021 yilning 11 oyi mobaynida TIQQM tomonidan 5 ta patent olishga, 42 ta talabnoma topshirishga ko‘maklashilgan. Shuningdek xorijiy ilmiy jurnallarda 150 dan ortiq maqolalar chop etilgan.
TIQQM foydalanuvchilariga ko‘rsatilayotgan to‘lovsiz xizmatlar TIQQM Nizomiga asosan yo‘lga qo‘yilagan bo‘lib, to‘lovli xizmatlar esa joriy etilmagan.
TIQQM xizmat xonasida markaz tashkil etilgani haqidagi belgilar va e’lonlar, muassasaning veb-saytida alohida bo‘lim tashkillashtirildi.