...

06 Dek

Barchasi o‘z qo‘lingda” shiori ostida “Hayot – bebaho ne’mat” mavzusidagi tadbir

Institumizda 1-dekabr – OITSga qarshi kurash kuniga bag‘ishlangan “Barchasi o‘z qo‘lingda” shiori ostida “Hayot – bebaho ne’mat” mavzusidagi tadbir bo’lib o’tdi.

Siz-u bizga avvaldan ma’lum bo‘lgan sog‘lom turmush tarzining eng muhim 7 qoidasi:

1. Sport.

2. To‘g‘ri ovqatlanish.

3. Zararli odatlar.

4. Kun tartibi.

5. Ijobiy kayfiyat.

6. Toza havo.

7. Shaxsiy gigiyena.

Tadbirda Jizzax viloyat OITSga qarshi kurashish markazi yetakchi mutaxassisi A.Xolboyev, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi v.b. dotsenti falsafa fanlar doktori (PhD) Sh.Turatov, institut profilaktika inspektori mayor F.Normatov, “Qurilish materiallari muhandisligi”, “Arxitektura va qurilish”, “Servis” fakultetlarining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovinlari, fakultet tyutorlari va iqtidorli talaba-yoshlar qatnashdi.

Soʻzga chiqqanlar tomonidan OITS kasalligi, ushbu kasallikning oldini olish borasidagi chora-tadbirlar to’g’risida fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir yuzasidan paydo boʻlgan savollarga javob berildi.

Yakunda talabalar tomonidan o’zlariga yetarlicha xulosa chiqarishgani bildirildi.