...

25 Yan

Alisher Qodirov ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi

Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan Jizzax politexnika institutida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov ishtirokida ochiq muloqot o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi markaziy kengashi raisi Alisher Qodirov, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Jizzax viloyat kengashi raisi Murodbek Rahmonberdiyev, institutning oʻquv ishlari boʻyicha prorektori G‘ayrat Egamnazarov, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Alisher Qodirov o‘z so‘zida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, munosib taʼlim berishga har qachongidan ustuvor eʼtibor qaratilayotganligini takidlab o‘tdi.

«Agar biz farzandlarimizga vatansevarlikni singdira olsak, ular nafaqat yurtini sevib himoya qiladi, balki masʼuliyat va majburiyatni his qilgan holda Vatan taraqqiyotiga ham munosib hissa qo‘shadi»- dedi ma’ruzachi.

Tadbir ochiq muloqot tarzida o‘tdi va tomoshabinlarning savollari tinglanib, mutaxassislar tomonidan javoblar berildi.