...

02 Dek

Bugun talabalar turar joyida “Kitob taqdimoti" boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 1-dekabr sanasida Jizzax politexnika instituti talabalar turar joyida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev tomonidan taqdim etilgan 50 nusxadagi 100 dan ortiq kitoblarni taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirni Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova kirish so‘zi bilan ochib berdi.

– «Hurmatli talabalar, mana bugun sizlar bilan Kitob karvoni doirasida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sadullayev tomonidan taqdim etilgan 50 nusxadagi 100 ta kitoblar taqdimotiga yig‘ilib turibmiz. Kitob — insonning eng yaqin do‘sti va maslahatchisi, aql qayrog‘i va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai bo‘lgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, mo’tabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, o‘qishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Kishining madaniyati uning kitobida aks etadi. Shu ma’noda bugungi kunda kitob o‘qish va unga munosabat bir qadar susaygandek. Odamni boshqa mavjudotlardan ajratib turuvchi omillardan biri ham uning ma’naviyati hisoblanadi»,-dedi M.Xolbekova.

O’tkir Hoshimov «Daftar hoshiyasidagi bitiklar» asarida shunday degan:

– «Odamzot nima uchun kaftdek hovlisiga gul ekadi? Undan koʻra sholgʻom eksa, qozoniga tushadi-ku.

Odamzot nima uchun bulbul chax-chaxini eshitganida entikib ketadi? Undan koʻra bulbulni shoʻrvaga solib pishirsa, nafsini qondiradi-ku.

Odamzot nima uchun osmonda charaqlab yotgan yulduzlarni koʻrib, koʻngli zavqqa toʻladi? Yulduzlar uning hamyonidagi tillalar emas-ku.

Odamzot nima uchun kitob oʻqiyotib, suyukli qahramoni oʻlib qolsa yigʻlaydi? Uni yozuvchi «ichidan toʻqib chiqargani»ni biladi-ku?

Odamzot nima uchun oʻzga yurtlarga borib behisob mol-dunyo orttirsayu, ittifoqo bolaligi kechgan kulbasi tushiga kirib qolsa, tuni bilan yigʻlab chiqadi? Axir u shohona qasrda yashaydi-ku.

Odamzot nima uchun bolasining boshida alla aytadi? Goʻdak alla eshitmasa uxlamaydimi?

Odamzot nima uchun nevarasini yetaklab necha zamon avval oʻtib ketgan bobosining qabrini ziyorat qiladi? Marhum ularni koʻrmaydi-ku?!».

Gap shundaki, Odamzotni hayvonotdan ajratib turadigan chegara bor. Bu chegaraning nomi Maʼnaviyat deb ataladi!

Bugungi kunda biz talaba-yoshlar har doimgidanda ko’proq kitob o’qishimiz zarur ekanligi bor haqiqat.