...

28 Noy

Biz tazyiq va zo‘ravonlikka qarshimiz

Jizzax politexnika institutida “Biz tazyiq va zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida talaba-qizlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Jizzax shahar 1-sonli IIB HPG xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, kapitan Nodira Rasulova, Jizzax shahar IIB JXX HPB XQMB katta inspektori, kapitan Maftuna Tillayeva, Istiqbolli avlod ayollarini reabilitatsiya etish va moslashtirish markazi yuristi Umid Begmatov, “Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiya”, “Energetika va radioelektronika” fakultetlarining xotin-qizlar kengashi raislari hamda talaba-qizlar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar xotin-qizlarga yaratilayotgan va yaratilgan imkoniyatlar, ulardan unumli foydalanish, gender tengligi, bugungi kunda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan dolzarb masalalar bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi.

Talaba-qizlarning savollariga mutaxassis tomonidan atroflicha javob berildi.