...

16 Yan

Jizzax shahrining transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh rejasi muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-fevraldagi PQ-59 sonli qaroriga muvofiq “Jizzax shahrining transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh rejasini ishlab chiqish” maqsadida 2023-yil 27-martdagi Jizzax politexnika instituti va Jizzax shahar hokimligi o‘rtasida №15-1-14-sonil shartnoma bajarilishiga muvofiq dastlabki taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda Jizzax viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi, Jizzax vilyati avtomobil yo‘llari hududiy boshqarmasi, Jizzax viloyat IIB YHXB, Jizzax viloyat transport boshqarmasi hamda Jizzax shahar obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari, institutning xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori, texnika fanlari doktori Jamshid Abdunazarov, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Sharof Qarshiboyev hamda «Transport» logistikasi kafedrasi mudiri G‘ulom Mamayev ishtirok etdi.

Jizzax shahrining transport va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha tomonlar o‘zaro fikr almashdilar va loyiha na’munasi bilan tanishishdi.