...

16 Yan

AQShning “Nobel-systems” kompaniyasi vitse-prezidenti Devid Manuva ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi

Jizzax politexnika institutida «Aholi ichimlik suv ta’minoti va oqova suvlar tizimini GIS ma’lumotlar bazasi asosida  innovatsion boshqarish» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda AQShning “Nobel-systems” kompaniyasi vitse-prezidenti Devid Manuva, Jizzax politexnika institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori v.v.b. Sh.Musayev, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i U.Raxmatov va xodimlari, Muhandislik kommunikatsiyalari kafedrasi mudiri A.Sultonov, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi muhandisi D.Turatov hamda Tadqiqot ishlari bo‘yicha assistent Z.Xamrayev ishtirok etdi.

Tadbir davomida institutning bitiruvchi kurs talabalarini “Jizzax suv ta’minoti” MChJ va Amerikaning “Nobel-Systems” kompaniyasi bilan hamkorlikdagi «Twin digit» loyihasi bo‘yicha amaliyot o‘tash bo‘yicha o‘zaro fikr almashdilar.

Malumot uchun: “Nobel-systems” kompaniyasining bosh ofisi Amerikaning Kaliforniya shtatida joylashgan bo‘lib, dunyoning 5 dan ortiq mamlakatida filiallari va 80 ga yaqin hamkorlari mavjud.