...

02 Fev

Hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda

Jizzax politexnika instituti va «BYD Uzbekistan Factory» MCHJ QK bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

Jizzax politexnika institutiga «BYD Uzbekistan Factory» MCHJ QK bosh direktori Alimov Shavkatbek Shavkatbekovich tashrif buyurdi.

Institut rektori, texnika fanlari doktori, professor Usmankulov Alisher Kadirkulovich mehmonlarni institutning bugungi kundagi moddiy texnik bazasi, laboratoriya o‘quv xonalari bilan yaqindan tanishtirdi.

Shuningdek, Sh.Alimov institut talaba-yoshlari hamda professor-o‘qituvchilari bilan muloqot chog’ida uchrashuv ishtirokchilarining savollariga atroflicha javob berdi.

Tadbir yakunida Jizzax politexnika instituti va «BYD Uzbekistan Factory» MCHJ QK o‘rtasida anglashuv memorandum imzolandi.