Abiturientga eslatma

Abiturientga eslatma

QABUL – 2020/2021: YANGILIKLARI


Магистратура абитуриентлари диққатига!

Ўзбекистон Республикаси таълим муассасаларига ўқишга қабул қилиш бўйича Давлат комиссиясининг 3-сон мажлиси баёни қарорига мувофиқ:

👉 2020/2021 ўқув йили қабулида республика олий таълим муассасаларининг магистратурасига кириш имтиҳонлари карантин талабларига қатъий риоя қилинган ҳолда 2020 йил 8-20 сентябрь кунлари ўтказилади.

Имтиҳонлар тест синови тарзида компьютерда онлайн олинади.


Магистратура мутахассислиги кириш тест имтихонлари ўтказиладиган манзил:

Жиззах вилояти Жиззах шахри И.Каримов шох кўчаси 4-уй,  Жиззах политехника институти бош биноси  спорт зали ва ахборот ресурс маркази (АРМ).

Геоманзил орқали кўриш


 

Ўзбекистон Республикаси таълим муассасаларига ўқишга
қабул қилиш бўйича Давлат комиссияси мажлисининг
2-сон баёни тасдиқланди.

✅Баён қарорига мувофиқ:
республика олий таълим муассасаларининг магистратурасига кириш имтиҳонларида тест синови топшириладиган фанлар мажмуаси, тест топшириқлари сони ҳамда баҳолаш мезонлари тасдиқланди.


Жиззах политехника институтининг магистратура мутахассисликларига ҳужжат топширган абитуриентлар диққатига

ЭЪЛОН!

Абитуриент томонидан танланган мутахассисликка ҳужжатларни топширганларидан сўнг, топширилган ҳужжатларни бошқа мутахассисликка ўтказиш мумкин эмас.

Маъмурият.


Magistraturaga qabul bo’yicha turdosh oliy ta’lim yo’nalishlarining ro’yxati:
👉 Magistr_turdosh_2020


 

MAGISTRATURAGA ONLAYIN RO‘YXATDAN O‘TISH BO’YICHA YO‘RIQNOMA


1 – июлдан бошлаб бутун республикадаги давлат ОТМларида магистратура учун ҳужжатлар қабул қилиш бошланди.

Қабул 30 июлгача (шу куни ҳам) давом этади.

Ҳужжат топшириш magistr.edu.uz сайти орқали онлайн амалга оширилади, ОТМларда қабул қилинмайди!

Ҳужжат топшириш учун керак бўладиган маълумотлар:

1) Паспорт маълумотлари тўлдирилади. Бунда абитуриент ЖШШИР рақамини ҳамда паспорт серияси ва рақамини киритиши кифоя. Паспортнинг сканер ёки расм варианти талаб этилмайди;

2) Доимий яшаш манзили (тушунарли айтадиган бўлсак, прописка бўйича) киритилади;

3) Бакалаврда тугатган таълим муассасаси маълумотлари киритилади;

4) Дипломнинг расми ҳамда баҳолар қайд этилган илованинг сканер варианти юкланади;

5) Агар абитуриент имтиёзларга эга бўлса, яъни чет тилини билиш сертификати, олимпиадалар ғолиблиги, Президент ёки номли стипендия соҳиби эканлиги ва ҳ.к.ларни тасдиқловчи ҳужжатларни киритади;

6) Ҳужжат топширмоқчи бўлган мутахассислигини танлайди.


Magistratura bosqichi uchun hujjatlar 1 iyuldan 30 iyulgacha qabul qilinadi.

 

Magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 12 iyundagi “2020/2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi  PQ-4749-sonli qarori asosan Jizzax politexnika institutiga jami;

 

Magiztratura mutaxassisliklari uchun -1675 o‘rin ajratilgan

 

“2020/2021 o‘quv yilidan boshlab,

  •  – 5A230201-“Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)”;
  • – 5A310609-“Intellektual transport tizimlari”;
  • – 5A320901-“To‘qimachilik mahsulotlari texnologiyasi (mahsulot turlari bo‘yicha)”
  • – 5A340501-“Qurilish materiallari, buyumlari, konstruksiyalari va ularni ishlab chiqarish texnologiyalari”

ta’lim mutaxassisliklari bo‘yicha  yangi magistrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.


Namunaviy test topshiriqlari va ularni yechish bo`yicha tavsiyalar

DTM rasmiy saytida “Foydali ma’lumotlar” ruknida barcha umumta’lim fanlardan o`ntadan namunaviy test topshiriqlari va ularni yechish bo`yicha tavsiyalar keltirilgan.


Abituriyentlarga darsliklar haqida

Umumiy oʻrta ta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari (2 yillik) uchun 2018-2019 oʻquv yilida foydalanishga tavsiya etilgan amaldagi darsliklarning elektron shaklini Xalq ta’limi vazirligining Axborot-ta’lim portalidan yuklab olishingiz mumkin. Mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlarni www.aim.uz sayti orqali yuklab olishingiz mumkin.


Abituriyentlar uchun qoʻshimcha yangiliklar

2018 yil 10 yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida Oʻlcham birliklarini qoʻllash toʻgʻrisida”gi 21-sonli qarori tasdiqlangan.

Ushbu qarorga muvofiq respublikamizda qoʻllashga ruxsat berilgan Xalqaro oʻlchamlar tizimi (SI)dagi oʻlcham birliklari nomi va belgilanishini oʻquv, oʻquv-metodik va turli maʼlumotlar beradigan yordamchi adabiyotlarda qoʻllash nazarda tutilgan.

Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilda oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga qabul test topshiriqlari bazasini shakllantirish jarayonida qoʻllaniladigan oʻlcham birliklari qarorga muvofiq berilishini maʼlum qilamiz.

Masalan: uzunlik oʻlchov birligi santimetr (sm) yangi talabga muvofiq lotin alifbosida cm deb belgilanadi.


Test topshiriqlaridagi yangiliklar

Umumtaʼlim fanlaridan test topshiriqlarini tuzishga asos boʻlib xizmat qiladigan oʻquv dasturlarida oʻquvchilar tomonidan egallanishi kerak boʻlgan bilim, koʻnikma va malaka talablarida darslik, qoʻllanma, xarita, tarixiy hujjat matni ustida hamda koʻrgazmali qurollar bilan mustaqil ishlay olish nazarda tutilgan.

Mazkur talablardan kelib chiqqan holda 2019 yil oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga qabul test sinovi jarayonida umumtaʼlim fanlaridagi test topshiriqlarida rasm va xaritalar yordamida ishlanadigan test topshiriqlari keng qoʻllanishini maʼlum qilamiz.

Jumladan, tarix fanidan taʼlimning boshqaruv organlari tomonidan foydalanishga tavsiya etilgan atlaslar va yozuvsiz xaritalar asosida tuzilgan test topshiriqlari qoʻllaniladi.

 


Abituriyentlar diqqatiga!

2019/2020 oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlarini topshiradigan abituriyentlar tomonidan qabul test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish uchun qaysi darsliklardan foydalanish zarurligi haqida koʻplab savollar tushmoqda.

Ushbu savol boʻyicha quyidagilarni maʼlum qilamiz:

  1. 2019/2020 oʻquv yili oliy taʼlim muassasalari bakalavriatiga kirish qabul test sinovlariga tayyorgarlik koʻrish uchun taʼlimni boshqarish boʻyicha vakolatli davlat organlari tomonidan tavsiya etilgan darsliklardan foydalanish mumkin (roʻyxat DTMning saytida eʼlon qilingan).
  2. Test topshiriqlari amaldagi tartibga binoan (Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 apreldagi 261-sonli qarorining 8-bandi) “umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining umumtaʼlim fanlari oʻquv dasturlariga muvofiq tuziladi”.
  3. Joriy yilda test sinovlariga tayyorgarlik koʻrishda foydalanishga tavsiya etilgan darsliklar bilan birgalikda oʻquv dasturlarida oʻrganish nazarda tutilgan ayrim badiiy adabiyotlar keltirilgan. Test topshiriqlari ham ushbu badiiy adabiyotlardan tuziladi, mazkur adabiyotlarni toʻliq oʻqib chiqish tavsiya etiladi (DTMning saytida darsliklar roʻyxatining past qismida izoh berilgan).
  4. Qaysi darsliklardan foydalanish xususida:
    Quyidagi turdagi darsliklar mavjud:
  • Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun tavsiya etilgan darsliklar;
  • 10-sinf va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi taʼlimi muassasalari oʻquvchilari uchun tavsiya etilgan darsliklar, 11-sinf va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari uchun tavsiya etilgan darsliklar.

Boʻlajak abituriyentlar oʻzi oʻqiydigan (yoki bitirgan) taʼlim muassasasi uchun tavsiya etilgan darsliklarni oʻqish zarur, boshqa taʼlim turi yoki taʼlim muassasalari uchun tavsiya etilgan darsliklarni oʻqish talab etilmaydi.
Test topshiriqlari tegishli taʼlim muassasalari uchun tavsiya etilgan oʻquv dasturlari asosida tuziladi. Abituriyentlar uchun savollar kitobini shakllantirishda ular bitirgan taʼlim muassasa turi, ushbu turdagi taʼlim muassasalarida foydalanishga tavsiya etilgan darsliklar inobatga olinadi.

2019-2020 oʻquv yiliga oʻtkaziladigan qabul test sinovi uchun test topshiriqlari tuziladigan darsliklar roʻyxati