...

11 Noy

“Vazir kubogi” hududiy bosqichida JizPI jamoasi faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi.

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida mini-futbol sport turi bo‘yicha “Vazir kubogi” musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Shu munosabat bilan joriy yilning 11-noyabr kuni Jizzax politexnika instituti sport majmuasida ushbu musobaqaning Jizzax viloyatidagi oliygohlar o‘rtasidagi mini-futbol sport turi bo’yicha hududiy bosqichi tashkil etildi.
Unda Jizzax davlat pedagogika universiteti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali, Sambhram universiteti hamda Jizzax politexnika instituti jamoalari ishtirok etishdi.

Ushbu musobaqada Jizzax politexnika instituti jamoasi faxrli birinchi o’rinni qo’lga kiritdi.

💐Jamoamizni ushbu natija bilan samimiy tabriklab, keyingi uchrashuvlarda zafarlar tilaymiz!