Bugun Jizzax politexnika instituti "Servis" fakulteti dekan o'rinbosari D.Xushvaqtov dekanat xodimlari Sh.Shermatov, Sh.Valijonovlar bilan birgalikda  Jizzax shahrida ijarada istiqomat qiluvchi talabalarning yashash joylariga borib, ijarada turuvchi talaba-yoshlar hamda ijarachilar bilan uchrashib suhbatlashmoqda.
Xonadon egalari, ularning kasbi, talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, texnik xavfsizlik kabi masalalar fakultet dekani tomonidan o’rganilib, joriy yil 1-maydan boshlab ijarada turuvchi talaba-yoshlarga ijara to'lovining 50 foizini davlat tamonidan to'lab berilishi to'g'risida tushunchalar berilmoqda.