Yoshlarda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, ularni turli yot g‘oya va tahdidlardan asrash, o‘z mustaqil fikriga ega, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalash hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy islohatlar to‘g‘risida xabardor qilib borish maqsadida institutda o‘tkazilayotgan “Islohotlar bilimdoni” ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanloviga pedagog xodimlar va talaba-yoshlarni chorlab qolamiz. “Islohotlar bilimdoni” ilmiy-ma’rifiy ko‘rik-tanlovida quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar saralab olinadi.
  1. “Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi” nominatsiyasi;
  2. “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra” nominatsiyasi;
  3. “Eng yaxshi guruh murabbiysi” nominatsiyasi;
  4. “Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi” nominatsiyasi;
  5. “Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi” nominatsiyasi.
G‘oliblar institut rahbariyati tomonidan munosib rag‘batlantiriladi hamda Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Ishtirokchilarning xujjatlari 15-iyungacha qabul qilinadi. Ma’lumot uchun: Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga murojat qiling Bo'lim boshlig'i M.Xolbekova: +998 93 307 42 48