Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2-noyabr kuni aholini uy-joy bilan ta’minlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishda “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari ham ko‘rib chiqildi. Bu loyiha doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish rejalashtirilgan. Yig‘ilishda 10-dekabrga qadar daraxt ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik” e’lon qilindi. Davlat rahbarining "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ilgari surgan tashabbuslari bugun, mamlakatning barcha hududlarda o‘z aksini topmoqda. Respublikamiz bo’ylab daraxt koʻchatlarini ekish aksiyalari amalga oshirilmoqda. Videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash borasida Jizzax politexnika instituti jamoasi ham respublika bо‘yicha о‘tkazilayotgan ana shunday xayrli tadbirga о‘z hissalarini qо‘shmoqdalar. Institut professor-o’qituvchilari va ko’ngilli talabar joriy yilning 10-dekabrga qadar e’lon qilgan daraxt ekish bo‘yicha “dolzarb 40 kunlik” aksiyasida “Ko‘chat ekib, bog‘ yarataylik” hamda “Yaxshidan bog‘ qoladi” shiori ostida faol ishtirok etmoqdalar. Institut hududida obodonlashtirish hamda hudud iqlimiga mos ko’chatlar ekish davom etmoqda.