Yosh bitiruvchi mutaxassislarni ish bilan ta’minlash, ularga mehnat bozoridagi vaziyat haqida ma’lumotlar berish va kasbga yo‘naltirish samaradorligini oshirish maqsadida Jizzax politexnika institutida muntazam ravishda «Karera kuni» tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.   Institutda ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini ta'minlash, bitiruvchilar o'rtasida seleksiya ishlarini olib borish maqsadida o'tkazilayotgan "Karera kuni" tadbirlari yuzasidan ochiq muloqot bo'lib o'tdi. Tadbirda Jizzax politexnika institutining yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori S.Eshbekova, fakultetlar dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o'qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.   Tadbir davomida mas'ullar tomonidan ishtirokchilarga mavzu doirasida batafsil ma'lumot berildi. Yakunda talaba-yoshlar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.