Bugun 30-iyul kuni Jizzax politexnika instituti Kimyoviy texnologiyalar fakultetida "Yoshlar kuni"ga bag‘ishlangan “Yangi O’zbekiston yoshlari kelajagimiz va istiqbolimiz poydevori” mavzusidagi onlayn tadbir ZOOM platformasi orqali o'tkazildi. Tadbirda fakultet dekani N.Tangarikov, Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosari N.Rashidova, fakultet tyutorlari hamda fakultet talaba-yoshlari ishtirok etdilar. Tadbir ko'tarinki ruhda tashkil etildi. Yoshlar ularga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, erishgan yutuqlarini ustozlari va tengdoshlariga namoyish qilishdi. Bunday tadbirlar yoshlar o'rtasida bir maqsad yo'lida birlashish va yangi iqtidorlarni aniqlashda katta ro'l o'ynadi.