Hello

“KIWIE-2023” da Jizzax politexnika instituti asisstenti oltin medal sohibasi bo‘ldi

Koreya Xalqaro ixtirochi ayollar ko‘rgazmasi – “KIWIE-2023” da Jizzax politexnika instituti asisstenti muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medal sohibasi bo‘ldi.

Xalqaro ko‘rgazma ixtirochi ayollarning fan va texnologiya sohasidagi yutuqlari, tajribalari va yaratgan yangi texnologiyalarini o‘rganish, rag‘batlantirish maqsadida o‘tkazilib kelinadi. “KIWIE-2023” ko‘rgazmasida 40 dan ziyod davlatdan 400 nafardan ortiq olima, ixtirochi va tadbirkor xotin-qizlar texnika, texnologiya, tibbiyot, oziq-ovqat, yengil sanoat, kimyo va sanoatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z ixtirolari hamda innovatsion ishlanmalari bilan qatnashdi.

“KIWIE-2023” xalqaro ko‘rgazmasida Jizzax politexnika instituti “Sanoat texnologiyalari” fakulteti “Tabiiy tolalar va matoga ishlov berish” kafedrasi asisstenti Gavharxon Orziqulova ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, oltin medal sohibasi bo‘ldi.

💐G.Orziqulovani ushbu natija bilan samimiy tabriklab, keyingi faoliyatlarida zafarlar tilaymiz!