O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021-yil 18-maydagi buyrug‘i bilan Shuxrat Abdumalikovich Alikabulov Jizzax politexnika institutining moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi. Shuxrat Alikabulov 1984-yil Jizzax viloyatida tug‘ilgan. 2008-yilda Jizzax politexnika institutini va 2011-yilda Toshkent arxitektura-qurilish institutini tamomlagan. Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). Shu kunga qadar Jizzax politexnika institutining arxitektura va qurilish fakulteti dekani o‘rinbosari lavozimida ishlagan.