Zafarobod tumani ma’naviyat markazida “Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” shiori ostida hududlardagi mahallalarga biriktirilgan oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining mahalla raislari bilan hamkorligini samarali tashkil etishga qaratilgan o‘quv-seminari o‘tkazildi.
O‘quv-seminarni Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Zafarobod tuman bo‘linmasi raxbari S.T.Inatova kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng Jizzax politexnika instituti “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi katta o‘qituvchisi M.R.Aliyev so‘zga chiqib yig‘ilganlarni Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari va mahalla raislari hamkorligini samarali tashkil etish bo‘yicha yo‘riqnoma bilan tanishtirdi.
“Energiteka” kafedrasi o‘qituvchisi O.N.Olimov so‘zga chiqib o‘zi biriktirilgan “Lolazor” QFYda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Yig‘ilishda Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari Qutlimurodov Ulug‘bek Masharipovich, Aliyev Mashrab Rahmonqulovich, Asatov Nodir Ulug‘bekovich, Abduraxmonov Aziz Abduxalikovich, Raxmonov Furkat Abduxakimovich, Ruzmatov Eldor Ikrom o‘g‘li, Qodirov Sherzod Mamarasulovich, Qurbanov Abror Abdinasir o‘g‘li va Olimov Orif Nosirovichlar faol ishtirok etdilar.