Mamlakatimiz rahbarining Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusini mukammal bajarish boʻyicha Jizzax politexnika institutida tizimli tadbirlar yo’lga qo’yilgan. Institutning “Qurilish materiallari muhandisligi” fakulteti “Muhandislik va kompyuter grafikasi” kafedrasiga qarashli I bosqich talabalari o’rtasida 5 muhim tashabbusning 4-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Zukko kitobxonlar tanlovining kafedra bosqichi o’tkazildi. Tanlov natijalariga ko‘ra, 1-o‘rinni 811-20 guruhi, 2-o‘rinni 804-20 guruhi, 3-o‘rinni 821-20 guruhi talabalari egalladilar.