Arxitekturaviy loyihalash kafedrasi mudiri
Kuldashev Ergash Nurmurzayevich
Dushanba-Juma kunlari 14.00 dan 15.00 gacha
+998982617763
Muhtaram Prizidentimiz Sh.Mirziyoyev 2017 yil Jizzax viloyatiga qilgan tashrifi doirasida Jizzax politexnika institutida arxitektura soxasiga kadrlar tayyorlash bo’yicha topshiriqlar berilgan edi. Ushbu topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida 2017-2018 o’quv yilidan boshlab “Arxitektura” yo’nalishi bo’yicha talabalar qabul qilina boshlandi.
2020-2021 o’quv yilidan “Arxitektura” yo’nalishi bo’yicha kadrlar tayyorlashda ta’limning sifati va samaradorligini oshirish maqsadida institutimizda “Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasi tashkil qilindi va kafedraga arxitektura fanlari nomzodi B.K.Bobobekov mudir etib tayinlandi.
Bu davrda kafedraning har tomonlama shakllanishiga, jumladan malakali kadrlar bilan ta’minlanganlikka, hamda o’quv, o’quv – uslubiy, ilmiy tadqiqot ishlariga katta e’tibor qaratildi.
S.Xolikov ilmiy ishini 2022 yilda himoya qilib, f.d. (PhD) darajasiga erishdi va kafedra mudiri etib tayinlandi.
2024 yildan kafedrani ko’p yillar viloyat arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshlig’i va shahar bosh arxitektori lavozimlarida samarali mehnat qilgan tajribali arxitektor - E.Kuldashev boshqarmoqda.
Kafedra faoliyati.
Hozirgi kunda kafedra mudiri E.Kuldashev rahbarligida 1 nafar fan nomzodi, professor, 2 nafar fan nomzodi, dotsent, 2 nafar f.f.d.(PhD), 1 nafar ilmiy darajasiz dotsent, 3 nafar dosent v.b.lar, 4 nafar katta o’qituvchilar, 8 nafar assistentlar talabalar bilan o’quv, o’quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borishmoqda. Kafedra ilmiy salohiyati - 25 % ni, o’rtacha yoshi- 42 yoshni tashkil etmoqda.
Kafedrada 60730100 – Arxitektura, 60730900 – Shahar qurilishi va loyihalash, 60721700-Kadastr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar, 70730101-Bino va inshootlar arxitekturasi mutaxassisligi bo’yicha magistrlar tayyorlanmoqda.
“Arxitektura” yo’nalishda 158 nafar talabalar tahsil oladi.
“Shahar qurilishi va loyihalash” yo’nalishda 34 nafar talabalar tahsil oladi.
“Kadastr” ta’lim yo‘nalishlida 52 nafar talabalar tahsil oladi.
“Bino va inshootlar arxitekturasi” mutaxassisligi bo’yicha 9 nafar magistrlar tahsil olishadi. Jami kafedra bo’yicha 253 nafar talaba va magistrlar tahsil olishadi.
O’tgan o’quv yilida 28 nafar talaba diplom ishini himoya qilib katta hayotga yo’llanma olishdilar.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2024-2025 o‘quv yilida 200 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlar chop etilgan. Shundan 2 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma, 27 ta “WEB OF SCIENCE”, “SCOPUS” va boshqa xalqaro e’tirof etilgan bazalarga kiritilgan jurnallarda, 40 ta OAK ro‘yxatida turuvchi ilmiy jurnallarda, 123 ta xalqaro va Respublika Ilmiy-amaliy konferensiyalarida.
“Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasi huzurida “Politex me’mor loyiha” o’quv va ilmiy-innovasion tadqiqotlar markazi faoliyat olib bormoqda. Markaz faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
• Respublika arxitektura sohasida yetuk kadrlarni tayyorlash.
• Ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug’ullanish.
• Arxitektura va loyiha tashkilotlari bilan hamkorlik qilish.
Bakalavriat yo’nalishlari bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi bo‘lgan malakaviy amaliyotlar iqtisodiyot tarmoqlarining ilg’or korxonalarida, muassasalar va tashkilotlarda o‘tkazilmoqda. Kafedraga qarashli yo‘nalishlarda o‘quv rejalariga asosan 1 kurslarda o‘quv tanishuv, 2 kurslarda o‘lchov, 3 kurslarda ishlab chiqarish malakaviy, 4 kurslarda bitiruv oldi malakaviy amaliyotlari o‘tkaziladi.
Oliy ta’lim muassasalarida o‘qish bilan amaliyotni birgalikda olib borish, talabalarning bevosita ishlab chiqarish tashkilotlarida amaliy mashg’ulotlarini va malakaviy amaliyetlarini o‘tkazishni tashkil etish maqsadida Jizzax viloyat qurilish bosh boshqarmasi, Jizzax shahar qurilish boshqarmasi, "Jizzax Bunyodkor loyiha" MChJ kabi korxonalarda, shuningdek kafedra qoshidagi “Politex me’mor loyiha” korxonalarida malakaviy amaliyotlarini o‘tkazish va innovasion korporativ hamkorlik sohasida ilmiy-amaliy ishlarni olib borish maqsadida hamkorlik shartnomalari tuzilgan.
“Arxitekturaviy loyihalash” kafedrasida 2024 yilda talabalar orasidan iqtidorli talabalarni saralab olinib ilmiy rahbarlarga biriktirilgan bo’lib, tegishli mavzuda ilmiy – tadqiqot ishlari olib bormoqdalar va tanlovlarda nufuzli sovrinlarga ega bo’lishmoqdalar.
KELGUSIDAGI VAZIFALAR:
Kafedra fan dasturlarini tuzishda 300 talikka kirgan OTM dasturlaridan foydalanish;
Kafedraning ilmiy salohiyatini hozirgi 27 %dan 38 %ga oshirish;
Xorijiy tillarni bilish bo’yicha sertifikatli professor – o’qituvchilarning salmog’ini 50 %ga yetkazish(hozirda 37 %);
Ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini o‘quv jarayoniga tadbiq etish samaradorligini oshirish choralarini belgilash;
Fanning ta’lim va ishlab chiqarish bilan integratsiyasini rivojlantirish;
Iqtisodiyot tarmog‘ining sanoat korxonalaridagi mavjud muammolarni o‘rganish va shu asosda BM(L)I, magistrlik dissertatsiyalarining muammoli mavzulari bankini yaratish.
Talabaning amaliyot o‘tish joyi amaliyot dasturiga to‘liq mos kelishi va amaliyotni o‘tish samaradorligini oshirish;
Amaliyot davrida talabalarga kurs loyihasi va malakaviy bitiruv ishlari uchun mavzular tanlash va materiallar yig‘ishga yordam ko‘rsatish;
Kafedra qoshidagi “Politex me’mor loyiha”guruhining ishini jonlantirish.