Img
5 июля 2025 г.

Xitoyning nufuzli OTMlaridan biri Sujou texnologiya universitetiga tashrif

Mazkur oliygohda bo‘lib o‘tgan rasmiy uchrashuvda Jizzax politexnika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Eshbekova boshchiligidagi delegatsiya, Sujou texnologiya universiteti prorektori Xu Huigang boshchiligidagi rahbariyat xodimlari va “Chaoxin group” kompaniyasi Jiangsu provinsiyasi filiali direktori Lei Jia ishtirok etdi.

JizPI va Sujou texnologiya universiteti hamkorligida 2 ta qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 2025-2026 o‘quv yilidan Yengil sanoat muhandisligi ta’lim yo‘nalishida ham kadrlar tayyorlash boshlanadi.

Uchrashuv davomida kelgusida ikki oliygoh o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish, talabalar almashinuvi va qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilarning ilmiy stajirovkalarini tashkil etish, hamkorlikda loyihalar ustida ishlash bo‘yicha muzokalar o‘tkazildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3