Img
8 сентября 2025 г.

Jizzax politexnika institutida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi

Bugungi kunda butun dunyoda insonlarning qalbi va ongiga hukmron bo‘lish uchun keskin kurash ortib bormoqda. Tabiiyki, hech qaysi davlat, hech qaysi jamiyat bu jarayondan chetda turolmaydi. Bugun xalqaro hayot, kishilik taraqqiyoti shunday bosqichga kirdiki, endi unda harbiy qudrat emas, balki intellektual salohiyat, aql-idrok, fikr, ilg‘or texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Endi qurol-yarog‘ bilan emas, balki “Fikrga qarshi faqat fikr, g‘oyaga qarshi faqat g‘oya” bilangina kurashib, olg‘a borish mumkin. Bugun kimning mafkurasi, ma’naviyati, milliy g‘oyasi qudratli bo‘lsa, o‘sha yengib chiqadi. Mafkuraviy kurash bir jamiyat, bir mamlakat ichida ham, xalqaro va davlatlararo miqyosda ham davom etmoqda.

Jizzax politexnika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 3-sentabr kungi 01/15-2025-sonli xatining ijrosini ta’minlash maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida tаrg‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda Jizzax viloyati hokimining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari Boliyev Sahobiddin, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi Arslonbek Usmanov, institut Yoshlar masalalari, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sanobar Eshbekova, Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi Sherzod Madaminov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i M.Xolbekova, Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotseni Xoshim Xidirov, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida so‘z olganlar mavzu yuzasidan batafsil tushuncha va tavsiyalar berishdi.

So‘zga chiqqanlar tomonidan yoshlardagi ma’naviy bo‘shliqni ilmu-ma’rifat bilan to‘ldirish, ularni turli yot g‘oyalar tajovuzidan himoyalashda o‘z Vataniga bo‘lgan muhabbat va daxldorlik hissini yanada rivojlantirish, buyuk tariximizni, milliy urf-odatlarimizni yoshlar qalbiga doimiy singdirib borish zarurligi ta’kidlandi.

Talabalarning ham fikr-mulohazalari tinglandi. Ularning savollariga soha mutaxassislari tomonidan batafsil javoblar berildi.

Qo'shimcha rasm 1 Qo'shimcha rasm 2 Qo'shimcha rasm 3