1. DISSERTATSIYA STRUKTURASI
2. DISSERTASIYANI RASMIYLASHTIRISH QOIDALARI
3. DISSERTATSIYA HIMOYASI TARTIBI
1. DISSERTATSIYA STRUKTURASI
Dissertatsiyaning asosiy qismi uning to‘liq hajmining 70% dan kam bo‘lmagan qismini tashkil etishi kerak. U bayonning mantiqiy strukturasidan kelib chiqib boblar va paragraflarga bo‘linadi. Nomzodlik dissertatsiyasida 3 yoki 4 bob, doktorlik ishida esa 4 va undan ortiq bob bo‘lishi mumkin. Har bir bob 2 va undan ortiq paragrafga ega bo‘ladi. Boblar hajm jihatdan bir xil bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Dissertatsiyaning mantiqiy strukturasi darrov ayon bo‘lib qolmaydi. U batamom aniq bo‘lishi uchun siz uni himoyaga olib chiqilayotgan holatlarning batafsil isboti ko‘rinishida qurilgan mantiqiy butunlik sifatida fikran maketlashtirishingiz kerak. Avval bunday «maket”ni reja shaklida, har bir paragrafini to‘g‘ri nomlab, to‘g‘ri joylashtirib ishlab chiqish lozim. Ishni boblar va paragraflarga bo‘lish mavzuni yoritish mantiqiga xizmat qilishi kerak. Shuning uchun, bir tomondan, rejaga mavzu doirasidan chiqib ketadigan yoki u bilan bilvosita bog‘langan strukturaviy birliklarni kiritmaslik kerak, ikkinchi tomondan esa, punktlar mavzuni to‘liq yoritishi kerak. Dissertatsiya rejasi- bayonning mantiqiy skleti bo‘lib, unda hamma narsa joy-joyida bo‘lishi kerak.
Dissertatsiya boblari – matnning asosiy strukturaviy birliklaridir. Ularning har birining nomini shunday shakllantirish kerakki, u mazmun hajmi jihatdan mavzudan kengroq yoki teng bo‘lmasligi kerak, chunki bob mavzuning aspektlaridan biri xolos va uning nomi ushbu tobelikni aks etishi kerak.
Reja tuzib bo‘lgach, matnning qoralamasini yozishga kirishish mumkin. Katta hajmli ishni yozayotganda uni yaxshisi kichikroq qismlarga bo‘lib yozgan ma’qul, bunda har bir qism dissertatsiyaning umumiy intellektual fabulasiga mos kelishi kerak.
Dissertatsiya ishi kompozitsiyasining muayyan standarti mavjud emas, albatta. Har bir tadqiqotchi ilmiy materiallarni tashkil etish tartibini o‘zi tanlaydi. Biroq dissretatsion asarning kompozitsion strukturasiga muayyan umumiy talablar ishlab chiqilgan. Dissertatsiya quyidagi elementlarga ega bo‘lishi kerak:
- Titul varag‘i
- Mundarija
- Kirish
- Asosiy qism boblari
- Xulosa
- Bibliografik ro‘yxat
- Ilova
- Yordamchi ko‘rsatkichlar
Titul varag‘i (1-ilovaga qarang) dissertatsiya ishining birinchi sahifasi hisoblanadi va qat’iy belgilangan qoidalar bo‘yicha to‘ldiriladi.
Yuqori maydonda o‘quv yurti yoki ilmiy ish bajarilgan ilmiy tashkilotning to‘liq nomi ko‘rsatiladi. Ko‘rsatilgan matnli yuqori maydon titul varag‘ining qolgan qismidan chiziq bilan ajratiladi.
So‘ngra dissertantning F.I.Sh. (bosh kelishikda) ko‘rsatiladi.
O‘rtada dissertatsiya ishining nomi «mavzu” so‘zisiz, qo‘shtirnoqqa olinmasdan beriladi.
Dissertatsiya nomidan keyin mutaxassislik nomenklaturasidan shifr, himoya qilinayotgan ilmiy daraja joylashtiriladi.
Keyin, titul varag‘ining o‘ng chekkasiga yaqinroq joyda ilmiy rahbar (maslahatchi)ning F.I.Sh., ilmiy darajasi va lavozimi ko‘rsatiladi.
Pastki maydonda dissertatsiya ishi bajarilgan joy (shahar) va uning yozilgan yili («yil” so‘zi yozilmaydi) ko‘rsatiladi.
Titul varag‘idan so‘ng mundarija joylashtiriladi (2-ilova), unda dissertatsiya ishining barcha boblari, paragraflari, rubrikalari, ularning boshlang‘ich sahifasi raqami beriladi. Mundarijadagi sarlavhalar matndagi sarlavhani to‘liq , aniq takrorlashi kerak. Ularni matndagi sarlavhaga zid ravishda qisqartirish, o‘zgartirish mumkin emas.
Rubrikatsiyaning bir xil bosqichlari sarlavhalari ketma-ket joylashtiriladi. Har bir keyingi bosqich sarlavhasi oldingi bosqich sarlavhasiga nisbatan 3-5 belgi o‘ngroqda joylashtiriladi. Har bir sarlavha bosh harf bilan yoziladi va oxirida nuqta qo‘yilmaydi. Har bir sarlavhaning oxirgi so‘zi sahifa raqamigacha ko‘p nuqtalar bilan birlashtiriladi.
Kirish dissertatsiyaning eng ma’suliyatli qismi hisoblanadi (3-ilova), chunki barcha fundamental holatlarni o‘z ichiga oladi. Bu tanlangan mavzuning dolzarbligi, maqsadi, mazmuni, tadqiqot ob’ekti va predmeti, tadqiqot metodi, nazariy va amaliy ahamiyati va h.z.
Mavzuning dolzarbligi to‘g‘risida yuqorida barcha narsa aytib bo‘lindi. Dissertatsiyaning kompozitsion strukturasi nuqtai nazaridan mavzu dolzarbligini asoslash kirish qismining 1-2 sahifasidan ortiq joy egallamasligi va nega ushbu mavzuga hozir murojaat qilish kerak, uning ilmiy va amaliy zaruriyati nimada, tadqiqot predmeti haqida zamonaviy tasavvur holati qanday ekanligini tushuntirishi kerak.
Dolzarblik asoslab bo‘lingach muammoning ilmiy ishlab chiqilganlik darajasi ko‘rib chiqilishi kerak. Bunda o‘tgan va hozirgi mamlakatimiz va xorijiy olimlarning ushbu muammo bilan turli rakurslarda qanday shug‘ullanganliklari, yetarlicha yoritilmagan jihatlar, noto‘g‘ri yoritilgan adabiyotlar haqida so‘z yuritilish kerak. Aynan shu mavzuga murojaatni xorijiy adabiyotda Vatanimizga tegishli materiallarning yetarlicha yoritilmaganligini asos qilib olish mumkin.
Bu yerda siz mavzuni yaxshi anglab olganingiz, matn bilan ishlash mahoratingiz, bibliografiya bilan tanishligingiz, shu sababli sizdan oldingi olimlarning ushbu mavzuning yoritilishiga qo‘shgan hissasini to‘g‘ri baholay bilishingizni namoyish qilishingiz mumkin. Mavzuning yoritilishida o‘zingiz qo‘shgan hissangizni ham ob’ektiv baholay bilishingiz kerak. Ba’zida tadqiqotchilar o‘ziga qadar ushbu mavzuga hech kim murojaat qilmagan degan xulosaga keladilar. Agar sizda ham shunga o‘xshash fikr paydo bo‘lsa, bu haqda kirish qismda so‘z yuritishga shoshilmang. Mavjud adabiyotlarni obdon tahlil qiling, ilmiy konsultantingiz bilan maslahatlashing, ana undan keng bunday keng masshtabli da’vo bilan chiqish kerakmi, yo‘qmi hal qilishingiz mumkin.
Muammoning ilmiy ishlanganlik darajasini ko‘rib chiqqach, ushbu muammoni tadqiq etishda shaxsan sizning ulushingizni mantiqan asoslashga o‘tish mumkin. Bu yerda dissertatsion tadqiqotning maqsadi va vazifalari, uning strategiyasi va taktikalari bayon qilinadi. Bunda shuni yodda tutish kerakki, vazifalarni sanab o‘tish ish matnining ichki mantig‘i va rejasini belgilaydi. Keyin tadqiqot ob’ekti va predmeti shakllantiriladi. Ilmiy tadqiqot ob’ekti –bu reallikning tanlangan elementi bo‘lib, u o‘z chegaralari, avtonomligiga ega va atrof-muhitdan uzoqlashganligi bilan ajralib turadi. Ob’ekt muammoli holatni keltirib chiqaradi va uni o‘rganish uchun tanlanadi. Ilmiy tadqiqot predmeti –ob’ektning mantiqiy bayoni bo‘lib, tadqiqotchi tomondan o‘rganish, sharh uchun tanlanadi.
Ilmiy tadqiqot ob’ekti va predmeti ilmiy jarayon kategoriyasi sifatida umumiy va xususiy jihatlari bilan bir-birlari bilan bog‘liqdir.
Ob’ektda tadqiqot predmeti bo‘lib xizmat qiluvchi qism ajralib turadi. Aynan shu narsaga dissertantning e’tibori qaratiladi, aynan tadqiqot predmeti dissertatsion ish mavzusini belgilaydi va tutil varaqda uning sarlavhasidek belgilanadi.
Tadqiqot predmetini aniqlash mahorati tadqiqotchining, birinchidan, ob’ektning dolzarb dinamik holati sferasiga, ikkinchidan, ob’ektning tashkiliy tizimiga ta’sir ko‘rsatuvchi aloqa va elementlar sohasiga yaqinlashganligi bilan bog‘lanadi.
Bayonni strukturaviy bosqichlari to‘g‘risida qisqacha aytib o‘tish va uning tuzilish mantiqini asoslab berish majburiy bo‘lmagan, lekin maqsadga muvofiq bo‘lgan jihat hisoblanadi.
Ishning asosiy qismi umimiy hajmning 70%ni tashkil qilishi va strukturasi bo‘yicha dissertatsiya rejasiga mos kelishi kerak. Bu yerda tadqiqotingizning borishi batafsil bayon etiladi, uning oraliq natijalari asoslanadi. Faktlarning isbot qilinganligi, izchilligi, unda ortiqcha, zarur bo‘lmagan materialning yo‘qligi asosiy qismga qo‘yilgan qat’iy talablardan biri hisoblanadi.
Dissertatsiyaning xulosa qismi butun ish natijalari bo‘yicha qilingan xulosalar va tavsiyalardan iborat bo‘lishi kerak (4-ilova). Bu qism hajm jihatdan eng kichkina bo‘lgani bilan alohida ahamiyatga ega, chunki aynan shu qismda ilmiy ishingizning yakuniy natijalari tugallangan, mantiqan mukammal shaklda ilmiy hamjamiyat e’tiboriga taqdim etasiz. Xulosa –bu nafaqat erishilgan natijalar yig‘indisi, balki o‘ziga xos sintez,ishingizning alohida va yig‘ma yakuni hamdir. Xulosada olingan natijalarni kirish qismda belgilangan maqsad va vazifalar bilan birlashtirish, xulosalarni jamlash o‘z ishining muvaffaqiyatini baholash kerak. Ba’zida bu qismni xulosalar ro‘yxati ko‘rinishida qurish, uni punktlarga bo‘lib, har birida alohida xulosani asoslab berish mumkin. Agar ish nazariy natijalar bilan birga amaliy ahamiyatga ega bo‘lsa ham buni xulosa qismda gapirib o‘tish kerak, Bundan tashqari ish natijalari asosida kelgusidagi tadqiqotlar istiqbolini ko‘rsatib o‘tish, shu sababli yangi vazifalarni belgilash, yangi g‘oyalarni rivojlantirish yo‘llarini ta’kidlab o‘tish mumkin.
Xulosadan keyin bibliografik ro‘yxat keladi (5-ilova). Bu mavzu bo‘yicha muallif foydalangan adabiy manbalar ro‘yxatidir. Bunday ro‘yxatga kiritilgan har bir manba dissertatsiya qo‘lyozmasida aks etgan bo‘lishi kerak. Qandaydir faktlarga havola bo‘lganda, material qaerdan olinganligi ko‘rsatilishi kerak. Havolalar bo‘lmagan, dissertatsiyada foydalanmagan manbalarni ro‘yxatga kiritish shart emas.
Yordamchi yoki qo‘shimcha materiallar ilova qismda joylashtiriladi.
Mazmun jihatdan ilovalar turli-tuman:
- oraliq matematik isbotlar, formulalar, hisoblar;
- statistik ma’lumotlar va ularga ishlov berish metodlari;
- konkret eksperimentlar natijalari;
- birlamchi materiallar;
- yordamchi nomogrammalar va jadvallar;
- eksperimentlar, o‘lchamlar va sinovlar o‘tkazishda qo‘llaniladigan apparatura va uskunalar tavsifi;
- dissertatsion tadqiqotni bajarish jarayonida ishlab chiqilgan, EHMda yechiladigan ikkinchi darajali algoritmlar va masalalar dasturi metodikasi;
- yordamchi illyustratsiyalar;
- yoyilgan sharhlar;
- dissertatsion ish natijalaridan foydalanish dalolatnomalari (14-ilova).
Ilovalar dissertatsiya oxirida joylashtiriladi. Har bir ilova yangi sahifadan yuqori o‘ng burchakda «Ilova” so‘zi bilan boshlanishi va o‘z sarlavhasiga ega bo‘lishi kerak.
Agar dissertatsiyada 1 dan ortiq ilova bo‘lsa, ulan arab raqamlari bilan nomerlanadi (№ belgisi qo‘yilmaydi), masalan «1 ilova”, ilovalar berilgan sahifalar nomeri asosiy matn sahifalari numeratsiyasini davom ettiradi.
Asosiy matnning ilovalar bilan aloqasi havolalar yordamida «qarang” so‘zi bilan o‘rnatiladi. Masalan, «1-ilovaga qarang”.
Namuna sifatida quyidagi qismlardan iborat dissertatsiya ishi strukturasini ko‘rib chiqamiz:
- Mundarija
- Kirish
- Birinchi bob
- Ikkinchi bob
- Uchinchi bob
- To‘rtinchi bob
- Xulosa
Ilmiy daraja himoyasi uchun dissertatsiya odatda, titul varaq, mundarija, asosiy belgilar va qisqartmalar, kirish, asosiy matn (3-5 bobdan iborat bo‘lib, har bir bobga aniq xulosalar beriladi), umumiy ishga xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (nomzodlik dissertatsiyasi uchun 100-170 ta) ilovadan iborat bo‘ladi.
Kirish qismda (7-10 bet) tadqiqotchi tadqiqot ob’ektini qisqa belgilaydi, muammo dolzarbligi, uning hozirgi vaqtdagi holati, muammoni hal qilishda mavjud qiyinchiliklarni qayd etadi, qo‘yilgan ilmiy vazifa yoki yangi ishlanmalarning mohiyatini, shaxsiy tadqiqotlari maqsadi, yo‘nalishlari, metodlari, boblar bo‘yicha mazmunini bayon etadi, ilmi rahbari, maslahatchisi, hamkasblariga tashakkur bildiradi. Bu qisqa annotatsiya bo‘lib muammoning ishlanganlik darajasini yoritadi, tadqiqot predmetiga muallif tomondan kiritilgan yangiliklar, asosiy qoidalar bayon etiladi. Bu yerda nafaqat natijalar, balki yangi g‘oyalar, qarashlar, ularni realizatsiya qilish usullari keltiriladi. Shunday qilib, kirish qismda dissertatsiya mavzusining dolzarbligi asoslanadi, maqsad bayon etiladi, vazifalar belgilanadi, ish haqida umumiy tasavvur beriladi.
Shuni qayd etish kerakki, tadqiqotchi ishning turli bosqichlarida kirish qismini bir necha marta e’tibor bilan ko‘chirish maslahat beriladi. Chunki bu qiziquvchan shaxslarning birinchi o‘qiydigan bo‘limi bo‘lib, ish va dissertant to‘g‘risida birinchi, o‘zgartirish qiyin bo‘lgan tasavvur shu bosqichda paydo bo‘ladi.
Birinchi bob ma’lum tadqiqotlarning batafsil sharhi, patent tahlili va qo‘yilgan vazifalarni yechish uchun nimalar zarurligini bayon etuvchi materiallarni o‘z ichiga oladi.
Ma’lum tadqiqotlar sharhida yechilayotgan masala bo‘yicha ilmiy fikr rivojida asosiy va tub burilish yasovchi bosqichlar ocherki beriladi. Ma’lum tadqiqotlarning dissertant tomondan o‘tkazilgan sistematizatsiyasi bobni va umumiy ishni bezaydi, ishning yaxlitligi to‘g‘risida umumiy tasavvurni mustahkamlaydi. O‘zidan oldingi tadqiqotchilar ishini qisqa, tanqidiy yoritib dissertant yoritilmay qolgan masalalarga alohida to‘xtalib o‘tishi va muammoni yechishda o‘z o‘rnini belgilashi, dissertatsion tadqiqot vazifalarini aniqlab, shakllantirib olishi kerak. Nomzodlik dissertatsiyasining birinchi bobi odatda 20-25 betdan iborat bo‘ladi.
Keyingi bo‘limda dissertantning shaxsiy tadqiqotlari to‘liq bayon etiladi, bunda muammoni ishlab chiqishda u kiritgan yangilikka alohida to‘xtalib o‘tiladi. Ushbu yangilik nazariy qoidalar bilan asoslanishi, nazariya va amaliyotning mashhur qoidalariga mos kelishi kerak.
Dissertatsiyani bayon qilishning butun tartibi dissertant himoya qilayotgan asosiy g‘oyaga bo‘ysunishi kerak.
Ikkinchi bob vazifaning yechimini nazariy asoslash, uning yechimi metodikasiga bag‘ishlanishi mumkin. Bobning vazifasi –masala nazariyasini umumiy ko‘rinishda berish. Nomzodlik dissertatsiyasida masala yechimining yangi nazariy tamoyillari kamdan kam beriladi. Mavjud matematik apparatda ko‘pincha zarur nazariy platformani topishga erishiladi, biroq dastlabki holatda u keyingi fikrlar uchun tayyorlov mahsuloti bo‘lib qoladi. Keyingi fikr odatda moslashish koeffitsientlarini, tenglamalarda yangi bo‘laklarni, tahlil qilinayotgan jarayonning fizikasini aks ettiruvchi qo‘shimcha tenglamalarni, yangi topilgan faktorlarni o‘rnatishdan iborat bo‘ladi.
Moslashish koeffitsientlaridan foydalanishda aniqlikka e’tibor berish kerak. Eng oddiy holatda bu nazariya va eksperiment natijalarini kelishtiruvchi empirik koeffitsientlardir. Biroq olg‘a borish va moslashish koeffitsientining o‘ziga nazariy asosni topish mumkin. Balki ular statik emas, balki dinamikdir va o‘z navbatida boshqa parametrlarga bog‘liqdir. Moslashish koeffitsientidan eksperiment va nazariya natijalariga qo‘shimcha sifatida foydalanish metodologik xato hisoblanadi. Eng ideal teoriya zamonaviy kompyuter vositalaridan foydalanilgan yechim. Biroq shuni esda tutish kerakki, son yechimi bu har doim xususiy yechim. Ayni paytda analitik yechim ko‘proq yechimlarni ko‘rib chiqish, jarayonni sifatli tahlil qilish imkonini beradi. Masalaning bir yechimi ikkinchisidan afzalroq deb o‘ylash kerak emas. Jarayon rivojlanishini tushuntira oladigan va bashorat qila oladigan istalgan nazariy umumlashtirish yashashga haqli. Ikkinchi bob hajmi 35-40 bet.
Uchinchi bob, odatda masalani yechishning eksperimental asoslanishi, eksperimental tadqiqotlar usullar bayoni, tajriba va nazariy natijalar aniqligi va tahlilini o‘z ichiga oladi. Eksperimental bobning vazifasi – masalaning umumlashtirilgan nazariy yechimini konkretlashtirish, tajriba koeffitsientlarini taqdim etish, nazariyani tekshiruvchi eksperimental nuqtalarni berish. Bu yerda yangi qurilmalar tavsifi, ularning ishlashini tekshirish, eksperimental tadqiqotlar o‘tkazishning yangi usul va texnologiyasini bayon etish mumkin. 3-bob hajmi 30-35 bet.
To‘rtinchi bob, konkret yechimlar, qurilmalar, grafikalar, bog‘liqliklar, ikkilamchi modellar, nazariy qarashlarning konkret model uchun eksperimental ma’lumotlarga mos kelishni baholashni o‘z ichiga olishi mumkin. Dissertatsiya ishi natijalarini muhokama qilish va baholashga alohida paragrafni bag‘ishlash mumkin. Ish natijalarini baholash sifat va son jihatdan bo‘lishi kerak. Ma’lum yechimlar bilan taqqoslashni barcha aspektlar bo‘yicha, jumladan samaradorlik bo‘yicha amalga oshirish kerak. Bobga 20-25 bet ajratiladi.
Xulosada ishning natijalari keltiriladi. Tadqiqotlar natijalari bo‘yicha asosiy fikrlar shakllantiriladi, Aprobatsiya to‘g‘risida, dissertatsiyaning asosiy mazmunining ilmiy nashriyotda yoritilishi, uning natijalari, yechimlarning patentlar bilan himoyalanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar beriladi. Dissertatsiya natijalari qo‘llanilayotgan va qo‘llanishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar ko‘rsatiladi. Ushbu bo‘limga sakkiz betgacha joy ajratiladi.
Dissertatsiyaga ilovada qo‘shimcha, ma’lumotnoma xarakteridagi materiallar joylashtiriladi. Bu jadvallar, grafiklar, dasturlar, masalalarning EHMdagi yechimi, formulalar bo‘lishi mumkin.
2. DISSERTATSIYALARNI RASMIYLASHTIRISH QOIDALARI
Mazkur Qoidalar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 9 sentyabrdagi 421-son qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi to’g’risida»gi Nizom hamda O’zR OAK Rayosatining 1996 yil 25 yanvardagi 34/2 qarori bilan tasdiqlangan va O’zR Adliya vazirligida 1996 yil 10 iyulda 261-raqam bilan ro’yxatga olingan «Ilmiy darajalar berish tartibi to’g’risida Nizom» asosida ishlab chiqilgan.
I. Dissertatsiya va avtoreferatlar uchun qo’yiladigan mezonlar
1. Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya muallif o’tkazgan tadqiqotlar va u yaratgan ishlanmalar asosida muhim xalq xo’jaligi, ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik ilmiy muammo hal qilingan yoki tegishli fan sohasining istiqbolli yo’nalishini rivojlantirishda ulkan yutuq deb baholash mumkin bo’lgan nazariy qoidalar majmui ishlab chiqilgan yohud joriy etilishi fan va texnikani rivojlantirishga katta hissa qo’shadigan ilmiy asoslangan texnikaviy, iqtisodiy yoki texnologik yechimlar o’z ifodasini topgan ilmiy asar bo’lishi kerak.
2. Fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya fanning tegishli sohasi uchun katta ahamiyatga molik masala yangicha hal qilingan yoki muallifning muhim amaliy masalalarni hal etishni ta’minlovchi ilmiy jihatdan asoslangan texnikaviy, iqtisodiy yoki texnologik tavsiyalari o’z ifodasini topgan ilmiy asar bo’lishi kerak.
3. Dissertatsiya shaxsan yozilgan bo’lishi, muallif oshkora himoya uchun jamoat muhokamasiga taqdim etayotgan yangi ilmiy natijalar va holatlarning majmuini o’z ichiga olishi, mohiyat jihatidan ichki birlikka ega bo’lishi va muallifning shaxsan fanga ko’shgan hissasini aks ettirishi lozim.
Muallif erishgan yangi yechimlar jiddiy asoslangan va boshqa ma’lum bo’lgan yechimlarga nisbatan solishtirilgan holda tanqidiy baholangan bo’lishi kerak.
4. Amaliy ahamiyatga molik dissertatsiyada aniq muammoning yechimi va muallif erishgan ilmiy natijalardan amaliyotda foydalanilganligi to’g’risida ma’lumotlar, nazariy ahamiyatga molik dissertatsiyada esa ilmiy xulosalardan foydalanishga doir tavsiyalar berilishi lozim.
5. Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan ilmiy ma’ruza shaklidagi dissertatsiya talabgor tomonidan avval chop etilgan va ushbu fan sohasining mutaxassislariga keng ma’lum bo’lgan, fan va amaliyot uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy va tajribaviy-konstruktorlik ishlarining majmui asosida tayyorlangan, muallif o’tkazgan tadqiqot va ishlanmalar natijalarining qisqacha umumlashtirilgan bayonidan iborat bo’ladi. Ilmiy ishning ahamiyati hamda ilmiy ma’ruza shaklidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishning maqsadga muvofiqligi to’g’risidagi xulosani talabgorning asosiy tadqiqotlari o’tkazilgan va ishlanmalari bajarilgan tashkilot beradi.
Ilmiy ma’ruza shaklidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishga ruxsatni ixtisoslashgan kengash murojaatnomasi asosida Oliy attestatsiya komissiyasi (bundan keyin – OAK) beradi.
Ilmiy ma’ruza shaklidagi dissertatsiya belgilangan shakldagi (7- ilovaga qarang) muqova (oldi va orqa tomoni) va matn qismini o’z ichiga oladi.
6. Dissertatsiyaning asosiy ilmiy natijalari ilmiy nashrlarda chop etilishi lozim.
Doktorlik dissertatsiyasining asosiy ilmiy natijalari yetakchi, taqriz qilinaditan ilmiy jurnallar va ilmiy nashrlarda e’lon qilinishi lozim.
Dissertantning ilmiy ishlarini umumiy soni 20tadan kam bo’lmasligi kerak. Talabgorning ilmiy ishlari qatorida nomzodlik dissertatsiyasi himoyasidan so’ng chop etilgan, OAK Rayosati tasdiqlagan jurnallar ro’yxatidagi davriy ilmiy jurnallarda kamida o’nta maqolasi bo’lishi kerak. Ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiyot sohalari bo’yicha doktorlik dissertatsiyasi natijalari yuzasidan monografiya nashr etilgan bo’lishi, boshqa fanlar sohalari bo’yicha esa, shuningdek, pedagogika, psixologiya, falsafa va iqtisod fanlari bo’yicha ham ushbu fan sohasi yuqori darajada rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy jurnallarida kamida ikkita maqola nashr etilgan bo’lishi kerak.
Nomzodlik dissertatsiyasining asosiy ilmiy natijalari bosma ilmiy nashrlarda chop etilishi lozim. Dissertantning ilmiy ishlarining umumiy soni beshtadan kam bo’lmasligi kerak. Talabgorning ishlari qatorida OAK Rayosati tasdiqlagan jurnallar ro’yxatidagi davriy ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida ikkita maqolasi bo’lishi kerak.
Talabgorning nashr etgan ilmiy ishlari dissertatsiyaning himoya qilinayotgan asosiy natijalarini aks ettirishi kerak.
Nashrga topshirilgan bo’lsa-da, lekin hali chop etilmagan ishlar dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatlarida keltirilishi mumkin emas.
7. OAK Veb-sahifasida dissertatsiyaning himoyasi to’g’risida e’lon berilganidan so’ng, ixtisoslashgan kengashning ruxsati bilan dissertatsiyaning qo’lyozma huquqidagi avtoreferati nashr qilinadi. Ilmiy ma’ruza shaklidagi doktorlik dissertatsiyasi avtoreferat sifatida tarqatiladi.
8. Avtoreferatda dissertatsiyaning asosiy g’oya va xulosalari bayon etilishi, o’tkazilgan tadqiqotlardagi muallifning qo’shgan hissasi, tadqiqot natijalarining yangilik darajasi va amaliy ahamiyati ko’rsatilishi shart.
Doktorlik dissertatsiyasining titul varag’i va avtoreferat muqovasining orqa tomonida faqat bitta ilmiy maslahatchi ko’rsatiladi.
Nomzodlik dissertatsiyasining titul varag’i va avtoreferat muqovasining orqa tomonida faqat bitta ilmiy rahbar ko’rsatiladi.
Zarur hollarda OAK ruxsati bilan dissertatsiyaning titul varag’i va avtoreferat muqovasining orqa tomonida ikkinchi ilmiy rahbar yoki ilmiy maslahatchini ko’rsatish mumkin. Ixtisosliklar tutashligida bajarilgan dissertatsiyalar bundan mustasno.
9. Dissertatsiya va avtoreferat o’zbek, rus yoki ingliz tillaridan birida yozilishi mumkin. Avtoreferat oxirida o’zbek, rus va ingliz tillarida qisqacha rezyume bo’lishi kerak.
Rezyumening hajmi doktorlik dissertatsiyasi uchun bir betdan va nomzodlik dissertatsiyasi uchun yarim betdan oshmasligi lozim.
10. Dissertatsiya avtoreferati bosmaxonada yoki ko’paytirish apparatlarida ixtisoslashgan kengash tomonidan belgilangan miqdordagi nusxada bosiladi.
II. Dissertatsiyani rasmiylashtirish qoidalari
11. Dissertatsiya ishi, odatda, mundarija, kirish qismi, asosiy qism (dissertatsiya bo’limlari), xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, ilovadan iborat bo’lib, o’rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.
Titul varag’i OAK tomonidan tasdiqlangan namuna (2-ilovaga qarang) bo’yicha rasmiylashtiriladi.
Dissertatsiya nomi aniq va qisqa bo’lishi lozim (odatda, 10ta so’zdan oshmasligi kerak).
Dissertatsiya ishining mavzusi ilmiy kengash tomonidan tasdiqlanganidan so’ng «OAK Byulleteni» jurnalida e’lon qilinishi shart.
12. Mundarijada barcha mavjud bo’lim (bob)lar, paragraf (qism)lar va bandlar nomlari hamda ularning boshlanishi joylashgan sahifa betlari ko’rsatilgan bo’lishi kerak.
13. Shartli belgilar, birliklar, simvollar va terminlar ro’yxatida formulalarda nisbatan ko’p uchraydigan harfli belgilar, simvollar eksplikatsiyasi berilishi (tushuntirilishi) shart.
Terminlar va belgilar butun dissertatsiya davomida bir xilda bo’lishi shart. Agar muallif yangi termin kiritsa, ilk qo’llanishdayoq u bo’yicha tushuntirish berishi kerak. Dissertatsiya davomida har bir parametrning o’lcham birligi hamma vaqt bir xil bo’lishi zarur.
14. Kirish (so’zboshi) ishning o’qilishi davomida shakllanadigan tushunchani yengillashtirishi lozim. Shuning uchun bu yerda ilmiy tadqiqotning ob’ekti va predmeti aniq va lo’nda yoritib berilishi, mazkur tadqiqotni o’tkazishning dolzarbligi asoslanishi kerak.
Dissertatsiya ishi yangiligi bilan ajralib turishi kerak. Shuning uchun so’zboshida qisqa annotatsiya ko’rinishida muammoning yechilishida (nomzodlik dissertatsiyasi uchun) yoki fan sohasida (doktorlik dissertatsiyasi uchun) muallif tomonidan qilingan yangilik bayon etilgan bo’lishi kerak.
Shuningdek, kirish qismida ishning maqsadi, nazariy ahamiyati, amaliy qiymati, tadqiqot metodlari, muallif himoyaga olib chiqayotgan asosiy holatlar, ishning sinovdan o’tishi (aprobatsiyasi) hamda nashr etilgan ishlar bo’yicha ma’lumotlar va dissertatsiya tuzilishi (strukturasi) keltiriladi.
15. Dissertatsiyaning bo’limlari uchtadan kam bo’lmasligi kerak. Bo’limlarda ishning asosiy mazmuni bayon etiladi. Odatda, dissertatsiyaning birinchi bo’limida talabgor ilmiy-texnik muammo doirasida o’rganilayotgan masalaning bugungi holatiga qisqa baxo (nomzodlik ishlari uchun) va fan sohasining bugungi holatiga tavsif (doktorlik dissertatsiyalari uchun) berib o’tishi kerak. Bu baho va tavsif dissertatsiyaning kirish qismida ham berilishi mumkin.
Bundan tashqari, bu yerda muammo bayon qilinishi, tadqiqot maqsadida belgilangan natijalar mazkur fan sohasida mavjud emasligini ko’rsatib berilishi va tadqiqot vazifalari qo’yilishi kerak. Dissertatsiya asosiy qismining keyingi bo’limlari birinchi bo’limda qo’yilgan masalalarni yechishga bag’ishlanadi.
16. Dissertatsiya har qanday ilmiy ishga qo’yiladigan quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- materialni bayon qilishda dissertatsiya bo’limlarining bir-biri bilan o’zaro bog’liqligi, bo’limlar ichida paragraflar va bandlar aloqadorligi haqida o’quvchiga aniq tushuncha bera oladigan mantiqiy izchillik;
- dalillarning ishonchliligi;
- bayon qilingan fikrning boshqacha talqinini istisno qiladigan tarzda aniq va qisqa bo’lishi;
- tadqiqotning har bir bo’limidagi xususiy masala (masalalar)ni yechimi natijalarini aniq bayon qilinishi.
So’nggi talabni bajarish uchun talabgor dissertatsiya bo’limlarining oxirida paragraf tarzida bo’lim bo’yicha xulosalar berishi kerak.
17. Xulosa butun dissertatsiya tadqiqoti bo’yicha qisqa umumlashtirilgan natijalardan hamda olingan natijalardan foydalanish, ularni tatbiq qilish bo’yicha tavsiyalardan iborat bo’lishi kerak.
18. Dissertatsiya mavzusi yuzasidan foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati 3-ilovaga muvofiq tarzda rasmiylashtirilishi tavsiya etiladi.
Ro’yxatning tuzilishi tartibi muallifning o’zi tomonidan belgilanadi. Adabiyotlar ro’yxatida materiallarni joylashtirishning alifbo, sistematik va matnda havola ketma-ketligi tartibida berish keng tarqalgan usullaridan hisoblanadi.
Matnda adabiyotga havola [1], [2], [3]… shaklida beriladi.
Dissertatsiya mavzusi bo’yicha asosan so’nggi 10-15 yil ichida nashr qilingan adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi.
19. Ilovalar dissertatsiyaning asosiy matni bilan birga bitta kitobga jamlangan bo’lishi yoki alohida kitob holida chiqarilgan bo’lishi mumkin. Ilovalarga dissertatsiya matnini to’ldiruvchi va tasvirlovchi turli yordamchi materiallar kiritiladi:
- oraliq matematik isbotlar, formulalar, hisob-kitoblar;
- statistik ma’lumotlar va ularni qayta ishlash metodlari;
- aniq tajribalar natijalari;
- dastlabki materiallar;
- yordamchi nomogrammalar va jadvallar;
- tajribalarda, o’lchash va sinovlarda qo’llanilgan apparatlar va uskunalar ta’rifi;
- dissertatsiya tadqiqoti jarayonida ishlab chiqilgan EHMda yechilgan masalalar yordamchi algoritmlari va dasturlari, metodlari;
- yordamchi xarakterdagi illyustratsiyalar (tasvirlar);
- mukammal izoxlar;
- kashfiyot va ixtirolar to’g’risidagi mualliflik guvohnomalari va patentlar nusxalari;
- dissertatsiya ishining natijalarini tatbiq etish bo’yicha dalolatnomalar va boshqalar.
Ilovalar ketma-ketligi tartibi dissertatsiyada ularga murojaat qilish tartibiga mos kelishi va foydalanish qulayligini ta’minlashi kerak.
20. Dissertatsiya matni kompyuterda WORDning 14 shriftida 1,5 intervalda A4 formatli standart oq qog’ozning bir tomonida yozilgan bo’lishi kerak.
Doktorlik dissertatsiyasining matni 250 betdan, nomzodlik dissertatsiyasi esa 120 betdan oshmasligi kerak. Ijtimoiy va gumanitar fanlar sohalaridagi dissertatsiya hajmi ko’pi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin. Ilovalar ko’rsatilgan hajmga kirmaydi.
Dissertatsiya betlarida matnning chap tomoni 30 mm, yuqori tomoni 25 mm, o’ng tomoni 15 mm, quyi tomoni 25 mm bo’sh bo’lishi kerak.
21. Dissertatsiyaning barcha betlari titul betidan oxirgi betgacha tartib bilan raqamlanadi. Birinchi bet titul varagi hisoblanib, unga rakam qo’yilmaydi, keyingi betga «2» raqami qo’yiladi va hokazo. Tartib raqami betning yuqori tomonining o’rtasiga qo’yiladi.
Dissertatsiyaning har bir bo’limi yangi betdan boshlanadi. Ushbu qoida ishning boshqa asosiy tuzilmaviy qismlari: kirish qismi, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, ilovalarga ham tegishli.
22. Bo’limlarning nomlanishi bosh harflar bilan yoziladi. Bo’lim ichidagi nomlanishlar xatboshidan kichik harflar bilan yoziladi. Sarlavhalarni yozishda bo’g’in ko’chirishga ruxsat berilmaydi. – Sarlavha oxirida nuqta qo’yilmaydi. Sarlavha va matn orasida 3-4 Interval bo’lishi tavsiya etiladi.
Sarlavhani tagiga chizib yozishga ruxsat etilmaydi.
23. Dissertatsiya bo’limlari, bo’lim ichida paragraflar butun dissertatsiya bo’yicha arab raqamlari bilan belgilanadi. Kirish va xulosa qismlari raqamlanmaydi. Paragraf raqami nuqta bilan ajratilgan bo’lim va paragraf raqamidan iborat bo’ladi. Paragraf raqami oxirida nuqta qo’yiladi, masalan, «2.3.».
Har bir paragraf ichida bandlar arab raqamlari bilan belgilanadi. Band raqami nuqtalar bilan ajratilgan bo’lim, paragraf va band raqamidan iborat bo’ladi. Raqam oxirida nuqta qo’yiladi, masalan, «1.1.2.».
24. Matndagi formulalar puxta va aniq yozilgan bo’lishi shart. Katta va kichik harflar, yuqori va pastki indekslar formulada aniq berilishi kerak. Formula uchun belgilarning o’lchami quyidagicha belgilanadi: katta harflar va raqamlar 5-6 mm, kichik harflar 3 mm, daraja ko’rsatkichlari va indekslari 2 mm dan kam bo’lmasligi tavsiya etiladi.
Simvollarning ma’nolari bevosita formula ostida ularning formuladagi ketma-ketligi bo’yicha beriladi. Har bir simvolning ma’nosini yangi qatordan berish lozim, Berilgan ma’nolarning birinchi qatori «bunda» so’zi bilan ikki nuqtasiz boshlanadi.
Tenglama va formulalar matndan alohida bo’sh qatorlar bilan ajratib yoziladi. Har bir formulaiing yuqori va pastki tomonlarida kamida bir satrdan joy qoldirish kerak. Agar tenglama bitta qatorga sig’masa, sig’magan qism tenglik belgisi (=) dan yoki ko’shish (+), ayirish (-), ko’paytirish (×), bo’lish (:) belgilaridan keyin ko’chirilishi kerak.
Dissertatsiyadagi formulalar (shar ular bittadai ko’p bo’lsa) bo’lim doirasida arab raqamlari bilan belgilanadi. Formula rakami bo’lim raqami va formulaning bo’limdagi tartib raqamidan tashkil topib, o’zaro nuqta bilan ajratiladi. Bu narsa betiing o’ng tomonida formula bilan bir qatorda qavslar bilan ko’rsatiladi (4- ilovaga qarang).
25. Dissertatsiya matni va ilovadagi jadvallar, chizmalar, sxemalar, diagrammalar, grafiklar, fotosuratlar o’lchami A4 formataga standart varaqda bajarilishi kerak yoki standart o’lchamdagi oq qog’ozga yopishtirilgan bo’lishi kerak. Foto va rasmlarga izohyaar hamda yozuvyaar o’qish uchun qulay holda joylashtirilishi zarur.
26. Illyustratsiya (surat)lar ko’rish uchun qulay tarzda joylanpirilishi kerak. Agar suratnn ko’rish uchun dissertatsiyani burish kerak bo’lsa, uni soat strelkasi bo’ylab burib ko’riladigan holatda joylashtirilishi kerak. Surat nomlangai bo’lishi zarur. Zarur hollarda suratlarga tushuncha ma’lumotlari – izoh beruvchi yozuv (rasm osti matni) qo’shimcha kilinadi. Suratning nomi uning ustiga, tushuntirish ma’lumotlari esa surat ostiga qo’yiladi.
Barcha surat (grafik, chizma, diagramma, fotosurat)lar «rasm» so’zi va bo’lim bo’yicha ketma-ket arab raqamlari bilan belgilanadi. Ilovalarda keltirilgan suraglar bundan mustasno. Surat raqami bo’lim va surat raqamidan iborat bo’lib, nukta bilan ajratiladi, masalan «1.2-rasm» va izoh beruvchi yozuvdan pastga yoziladi.
27. Raqamli materiallar jadval ko’rinishida rasmiylashtirilishi lozim. Jadvalni rasmiylashtirish namunasi 5- ilovada ko’rsatilgan.
Har bir jadval sarlavhaga ega bo’lishi kerak. Sarlavha bosh harf bilan boshlanadi. Sarlavhaning ostiga chizilmaydi.
Jadval grafalarining sarlavhalari bosh harflar bilan, sarlavhachalari esa, agar ular sarlavha bilan bitta gapni tashkil etsa, kichik harflar bilan, agar ular mustaqil bo’lsa, katta harflar bilan boshlanishi kerak. Jadval bosh qismini diagonal bo’yicha bo’lish mumkin emas. Satrlar balandligi 8 mm dan kam bo’lmasligi tavsiya etiladi.
Ko’plab grafalarga ega bo’lgan jadvalni qismlarga bo’lish. va bir qismni ikkinchi qismdan ksyin joylashtirishga ruxsat etiladi.
Bo’limlar doirasidagi jadval izchil, ketma-ket arab raqamlari bilan belgilanadi. Jadval raqami bo’lim rakami bilan jadvalping tartib raqamidan tashkil topadi va ular o’zaro nuqta bilan ajratiladi. Masalan: «1.2-jadval».
Agar dissertatsiyada bitta jadval bo’lsa, u raqamlanmaydi va «jadval» so’zi yozilmaydi.
Jadvalning biror qismi boshqa betga o’tganda, «jadval» so’zi va uning tartib raqami bir marta jadvalning birinchi qismi ustida ko’rsatilib, qolgan qismlar ustiga «davomi» degan so’z yoziladi.
28. Matndagi manbalarga havolalarni manbaning «Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati» bo’yicha tartib raqamini kvadrat qavslarda ko’rsatish yoki satr osti eslatmalarida keltirish lozim.
Illyustratsiyalarga qilingan havolalar suratning tartib raqami bilan ko’rsatiladi, masalan, «1.2-rasm». Formulalarga qilingan havolalar formulaning qavs ichidagi tartib raqami bilan ko’rsatiladi, masalan, «…(2.2) formulada». Matnda barcha jadvallarga havola berilishi kerak.
29. Har bir ilova yangi betning o’ng yuqori burchagida «Ilova» so’zi bilan boshlanadi. Agar dissertatsiyada bittadan ko’p ilova bo’lsa, ular ketma-ket arab raqamlari bilan belgilanadi. Masalan, «1-ilova», «2- ilova» va hokazo.
Ilovalarni alohida rasmiylashtirganda, titul varag’ida dissertatsiya mavzusining nomi ostida katta harflar bilan «ILOVALAR» so’zi yoziladi.
Dissertatsiyaning har bir nusxasi titul varag’ida dissertantning imzosi bo’lishi kerak.
Dissertatsiya kengashga topshirilgandan keyin dissertatsiyada aniqlangan noaniqliklar va xatolarni tuzatish mumkin emas. Sovuqqonlik bilan pala-partish rasmiylashtirilgan va xatolari mavjud bo’lgan dissertatsiyalar salbiy qaror bilan talabgorga qaytarib berilishi mumkin.
3. DISSERTATSIYA HIMOYASI TARTIBI
Nihoyat himoya kuni yetib keldi. Barcha opponentlar kelishdi. Taqriz olindi. Ma’ruza yod olingan. Ixtisoslashgan kengash azolari rais boshchiligida kvorumga yetarli miqdorda yig‘ildilar va kengash boshlandi.
Kengash o‘tkazishning qat’iy o‘rnatilgan tartibi bor. U ixtisoslashgan kengash to‘g‘risidagi nizomda belgilangan. Lekin o’z qoidalari yo‘lga qo‘yilganligi va reglamentga qaramay himoya jarayoni qiziqarli dramatik, hatto teatrlashtirilgan tomoshaga o‘xshaydi, unda ishtirok etganlar faqat tomoshabin emas, balki aktyorlar hamdir. Tadqiqotchi esa bosh rolni ijro etadi.
Kengashni xay’at raisi ochib beradi. Tashrif kog‘oziga asoslanib, u kengash a’zolariga kengashning xuquqiyligi hakida xabar beradi, tadqiqotchi tomonidan dissertatsiya himoyasini e’lon qiladi, dissertatsiya nomini rasmiy opponent familiyalarini yetakchi tashkilot nomini ko‘rsatib o‘tadi. Kengash ochilishidan oldin kengash a’zolariga dissertatsiya bo‘yicha xulosa loyihasi tarqatiladi, keyin so‘z ilmiy kotibga beriladi u tadqiqotchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning asosiy mazmuni va ularning o‘rnatilgan tartibga mosligi haqida qisqacha ma’ruza kiladi.
Ma’ruza uchun so‘z dissertatsiya ishining natijalari haqida tadqiqotchiga berildi.
Ma’ruzaning tuzilishi varianti avvalroq keltirilgan. Bu yerda ma’ruzaning uslubi haqida bir necha fikr bildirmoqchimiz.
Ilmiy ma’ruzada faqat yaxshi tushunarli mazmunda emas, balki barcha xay’at a’zolariga ham tuzilish ham uslubiyati jihatidan tushunarli bo‘lishi muhimdir. Hay’at a’zolari qarama-qarshilikni nozik his qiluvchi va vaziyatni yetarli asoslanganligini sezuvchi yuqori kvalifikatsiyali olim hamda mutaxassislardir.
Buning uchun dissertatsiya ishi mavzusi bo‘yicha muttaxasis bo‘lishi shart emas. Shuning uchun asosiy vaziyatni argumentlash ishonchli ketma-ketlikda qarama-qarshiliksiz shaxsiy mantiqiy qonunlariga aniq asoslangan bo‘lishi kerak.
Ma’ruza va natijalarga yakun yasab, hay’at a’zolariga e’tiborlari uchun minnatdorchilik bildiriladi.
Himoyaning eng mas’uliyatli daqiqasi ixtisoslashgan kengash a’zolarini savollariga tadqiqotchining bergan javoblari. Himoyaning aynan shu bo‘limida ilmiy darajaga talablar shaxsning ilmiy ko‘rinishi va individualligi namoyon buladi. Turli ko‘rinish va xarakterdagi savollarga javob berishga tayyorlanish talab kilinadi. Shunday fikr mavjudki birinchi ko‘rinishda oddiy bo‘lib tuyilgan savolga javob berish murakkab bo‘ladi. Bu haqiqatdan ham shunday, masalan bunday sodda savolda «Dissertatsiyangizda qanday yangilik yaratildi?”, savolga aniq javob berishingizga qo‘shimcha belgi va o‘ziga xoslikni o‘z ichiga olmaydi. Tadqiqotchiga savol beruvchini qanday yangilik qiziqtirayotgani tushunarsiz: umumanmi yoki konkret bo‘limmi. Bunday holatga savolni aniqlashtirish maslahat beriladi, bu uni noqulay vaziyatga solishi mumkin yoki o‘zi savolni kengaytirib, aniklashtirib beradi.
Umumiy xarakterga ega bo‘lgan savollarga javobni bilish kerak: yangilik haqida haqqoniylik, aktuallik, fan va amaliyot uchun foydalilik izlanish ob’ekti va predmeti haqida va ularni oldindan tayorlash kerak.
Tadqiqotchining yetukligi ishiga xos savollarga javoblarda va dissertatsiya mavzusiga oid barcha nozik tomonlarida ko‘rinadi. Bu yerda butun borlig‘ingizni namoyon qiling. Bu qanday amalga oshiriladi? Himoyadan oldin yana bir bor diqqat bilan o‘zingizni dissertatsiya va avtoreferatingizni o‘qib chiqing. Muammo, savol, masalalar tarixini o‘rganib chiqing. Asos soluvchilarning familiya va ularning yutugqlarini qaytaring, ish mavzusi bo‘yicha hammualliflarni, hamkasb va opponentlarnini yodga oling, perspektiv ishlanmalarning rejasini tuzing. Bir so‘z bilan aytganda: muvvaffaqiyat garovi to‘xtovsiz mehnat va himoyaga tayyorgarlikda. Kengash a’zolariga e’tiborli va hurmatli bo‘ling, iloji bo‘lsa har birini ismi, sharifini bilib oling. Agar savol qaytarilsa, unga javob bergan edim demang, yaxshisi javobga boshqa tomondan yondashing. Agar savolga javob darrov kelmasa, buni xayajonlanganingizdan Ekanligini aytib, javob bering. Insonga xos xislatlar barcha kishilar tomonidan e’tiborga olinadi.
Tadqiqotchining javoblaridan so‘ng so‘z ilmiy rahbarga yoki maslahatchiga so‘z beriladi va dissertatsiya ishi bajarilgan muassasa yoki tadqiqotchi biriktirilgan korxona xulosasi e’lon qilinadi, yetakchi tashkilot taqrizi, dissertatsiya va avtoreferatga kelgan boshqa taqrizlar eshittiriladi.
Avtoreferat yoki dissertatsiyaga yetarli darajada ijobiy taqrizlar bo‘lsa, ilmiy kotib kengash a’zolari ruxsati bilan o‘qib berish o‘rniga ko‘rsatilgan kamchiliklarni ko‘rsatib umumlashtirib beradi. Salbiy taqrizlar to‘liq o‘qib eshittiriladi.
Taqrizlar o‘qib bo‘lingach tadqiqotchiga taqrizlarda ko‘rsatib o‘tilgan kamchilik bo‘yicha so‘z beriladi. Tadqiqotchi ilgari tayyorlangan javoblarni qo‘shimchalarsiz o‘qib eshittiradi.
So‘ng rasmiy opponentlar chiqadi. Opponentlar chiqishidan keyin tadqiqotchiga so‘z beriladi. Tadqiqotchi hohishiga qarab javob berish har bir opponentdan keyin berilishi mumkin.
Keyingi muhokamada himoyada katnashayotganlar ham qatnashishlari mumkin. Chiqishlardan avval ba’zan kutib qolinadi, uni to‘ldirish zarur. Buning uchun tadqiqotchi oldindan ba’zi kengash a’zolarini dissertatsiya muammolari bilan tanishtirishi mumkin, bu kutishni qisqartirib ish natijalarini tanqidiy muhokama kilishdan olib qoladi.
Muhokama tugagach tadqiqotchiga yakuniy so‘z beriladi. Unda tadqiqotchidan faqat himoya jarayonida va uni tayyorlashda unga yordam berganlarga minnatdorchilik bildirish kutiladi.
Tadqiqotchining yakunlovchi so‘zidan keyin ilmiy daraja berish masalasi bo‘yicha yopik ovoz beriladi. Ovoz berish byulleten’ bilan amalga oshiriladi. Kengashda ishtirok etuvchi ovoz berish huquqiga ega kengash a’zolarining uchdan ikki qismi ovoz bersa, ixtisoslashgan kengash natijasi ilmiy daraja berishi ijobiy xisoblanadi.
Hisob komissiyasi bayonnomasini tasdiqlagandan keyin hay’at xulosasi loyihasi muhokama qilinadi.
Ilmiy daraja berish masalasi bo‘yicha salbiy natija berilsa xulosa qabul qilinmaydi. Xulosa matni dissertatsiya natijasi klassifikatsiya belgilarini ko‘rsatish hay’at a’zolarining ochiq oddiy ovoz berish yuli bilan qabul qilinadi. Undan keyin tadqiqotchiga e’lon qilinadi. Shu bilan hay’at kengashi yopiq deb hisoblanadi.