1. | AXMEDOV JO’RABOY RAXMONBERDIYEVICH | PEDAGOGIKA FANLARI BO’YICHA DOKTORLIK (PhD) DISSERTATSIYASI AVTOREFERATI | Axborotlashtirilgan ta’lim muhitida bo’lajak kasb ta’limi o’qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorgarligini takomillashtirish (ixtisoslik fanlarini o’qitish misolida) | 13.00.05-Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi | Yuklab olish |
2. | ALIKABULOV SHUXRAT ABDUMALIKOVICH | TEXNIKA FANLARI BO‘YICHA FALSAFA DOKTORI (PhD) DISSERTATSIYASI AVTOREFERATI | Mahallaiy xomashyolardan foydalanib kompozitsion qurilish bitumlarini olish texnolosiyasini ishlab chiqish | 02.00.07 – Kompozitsion lok-bo’yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi | Yuklab olish |
3. | ERBOYEV SHAVKAT OCHILTOSHEVICH | TEXNIKA FANLARI BO’YICHA FALSAFA DOKTORI (PhD) DISSERTATSIYASI AVTOREFERATI | Temir yo’llarda ekspluatatsiya qilinayotgan temirbeton ko’priklar yuk ko’tarish qobiliyatini texnik deagnostika asosida aniqlash usullarini takomillashtirish | 05.09.02-Asoslar, poydevorlar va yer osti inshoatlari. Ko’priklar va transport tonnellari. Yo’llar, metropolitenlar | |
4. |
SAIDAXMEDOVA NODIRA ILXOMOVNA |
IQTISOD FANLARI DOKTORI (DSc) DISSERTATSIYASI AVTOREFERAT | Oziq-ovqat havfsizligini ta’minlashning nazariy jihatlari va ustuvor yo’nalashlari | 08.00.04-Qishloq xo’jaligi iqtisodiyota
08.00.01-Iqtisodiyot nazariyasi |
|
5. |
EGAMBERDIYEV FAZLIDDIN OTAQULOVICH |
TEXNIKA FANLARI BO’YICHA FALSAFA DOKTORI (PhD) DISSERTATSIYASI AVTOREFERATI | Mashinada teriladigan paxtaning tolasini samarali tozalash uchun takomillashtirilgan tola tozalagichni ishlab chiqarish | 05.06.02-To’qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish | |
6. | HAMIDOV JALIL ABDURASULOVICH | PEDAGOGIKA FANLARI BO’YICHA DOKTORLIK (DSC) DISSERTATSIYASI AVTOREFERAT | Bo’lajak kasb ta’limi o’qituvchilarini tayyorlashda o’qitishning zamonaviy didaktik vositalarini yaratish va qo’llash texnologiyasi (5111000 – Kasb ta’limi “Yer usti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi” ta’lim yo’nalishi misolida) | 13.00.05-Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi | Yuklab olish |
7. |
TURAKULOV OLIM XOLBUTAYEVICH |
PEDAGOGIKA FANLARI BO’YIChA DOKTORLIK (DSc) DISSERTATSIYASI AVTOREFERATI | Axborotlashtirilgan ta’lim muhitida kichik mutaxassislar tayyorlashning ilmiy-metodik ta’minotini takomillashtirish (axborot va kompьyuter texnologiyalariga ixtisoslashgan kasb-hunar kollejlari misolida) | 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi | Yuklab olish |
8. |
DJIYANBAYEV SIROJIDDIN VALIYEVICH |
TEXNIKA FANLARI BO’YICHA FALSAFA DOKTORI (PhD) DISSERTATSIYASI AVTOREFERATI | Mahallay xomashyolar asosida yangi kompozitsiyali reduktor surkov moyini olish texnologiyasini ishlab chiqish | 02.00.08-Neft va gaz kimyosi texnologiyasi | Yuklab olish |
AVTOREFERATGA QO‘YILADIGAN TALABLAR VA UNING STRUKTURASI
«OAK Byulleteni” jurnalida dissertatsiya himoyasi e’lon qilingach ixtisoslashgan kengash ruxsati bilan qo‘lyozma avtoreferat chop etilish kerak.
Avtoreferatda dissertatsiyaning asosiy g‘oyasi va xulosasi, izlanish olib borishda avtorning qo‘shgan hissasi ko‘rsatilishi, yangilik darajasi va natijaning amaliy ahamiyati bayon etiladi. Dissertatsiya avtoreferati tipografiya usulida yoki ixtisoslashgan kengash belgilangan ekzemplyar miqdorida ko‘paytirish apparatlarida chop etiladi.
Avtoreferat yuborilishi shart bo‘lgan muassasalar ro‘yxati belgilangan.
Avtoreferat ixtisoslashgan kengash a’zolariga va dissertatsiya sohasida mutaxassislarga ega muassasalarga ham yuboriladi. Dissertatsiyalarni yuborish himoyadan bir oy olidin amalga oshiriladi.
Ilmiy ma’ruza ko‘rinishidagi dissertatsiyalarda avtoreferat o‘rniga ilmiy dokladning o‘zi yuboriladi.
Nomzodlik dissertatsiyasi avtoreferatining hajmi – 1 bosma taboq, doktorlik dissertatsiyasi avtoreferatining hajmi – 2 bosma taboq bo‘lishi kerak.
Avtoreferatning ustki qismi belgilangan shakl bo‘yicha rasmiylashtiriladi. (8-ilova)
Avtoreferat uchta asosiy bo‘limdan iborat:
- ishning umumiy tavsifi;
- ishning qisqacha mazmuni;
- xulosa,
shuningdek chop etilgan ishlar ro‘yxati va rezyume.
Avtoreferatni qisqacha annotatsiya bilan boshlash mumkin. Annotatsiya tadqiqotchining izlanish ob’ekti va predmetini aniq belgilab berishi, dissertatsiyaning asosiy masalalarini o‘z ichiga olgan 8-10 qatordan iborat bo‘lib, 1 abzas bilan beriladi. U masalan, quyidagi so‘zlar bilan boshlanishi mumkin: «Dissertatsiya ishida … takomillashtirishga qaratilgan muhim ilmiy masala qo‘yilgan”
Ishning umumiy tavsifida ma’lumotlar quyidagi abzaslar bo‘yicha beriladi:
- muammoning (ishning) dolzarbligi;
- muammoning o‘rganilganlik darajasi;
- dissertatsiyaning ITI rejalari mavzulari bilan bog‘liqligi;
- tadqiqot maqsadi;
- tadqiqot masalalari;
- tadqiqot yo‘nalishi;
- tadqiqot uslublari;
- asoslanganlik va ishonchlilik;
- himoyaga olib chiqilayotgan holatlar;
- ilmiy yangiligi;
- amaliy ahamiyati;
- natijalarning amalga oshirilishi;
- ishning aprobatsiyasi;
- natijalarning e’lon qilinganligi;
- dissertatsiyaning hajmi va tuzilishi;
Bu bo‘lim hajmi 0,15 bosma taboqni tashkil qiladi.
Ishning qisqacha mazmuni bo‘limlar bo‘yicha briladi. Avtoreferatda oxirgi matematik ifodalar, muhim grafiklar, diagrammalar va jadvallar keltiriladi. Dissertatsiya ishidan olingan yangiliklar natijalarini qisqacha baholash beriladi.
Quyida avtoreferatning bo‘limlar bo‘yicha dissertatsiyaning boshlanish variantlari keltirilgan (bosma qog‘oz hajmi nomzodlik dissertatsiyasi uchun ko‘rsatilgan).
- «Kirish qismida muammoning dolzarbligi asoslangan …” (bir bilan berish mumkin).
- «Birinchi bo‘limda … tahlili berilgan …” (0,15b.t.).
- «Ikkinchi bo‘limda nazariya rivojlantirilgan …” (xulosa uslublari beriladi) (0,3 b.t.atrofida)
- «Uchinchi bo‘limda tajriba izlanishlari natijalari keltiriladi …” (0,2 b.t.)
- «To‘rtinchi bo‘limda olingan natijalar beriladi …”(0,15 b.t.).
Xulosa 7-9 ta kengaytirilgan umumiy natijalarni va ish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga oladi. Ularning sxematik qurilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
- Istiqbolli ….. tahlili bajarildi (aktualligini asoslash).
- …… imkonini beruvchi protsedura modeli tavsiya qilinadi (yechim uslublari haqida)
- Konstruktiv ishlangan va yaratilgan ………, patentlar olingan va h.k.
- Birinchi bor masalalar qo‘yilgan va yechilgan (yangilik).
- Model takomillashtirilgan (uslubiyot).
- Fan yutuqlari tufayli masalalarning yechimi mumkin bo‘ldi …… (asoslanish darajasi).
- Olingan yechimlar …… imkonini beradi. (amaliy va ilmiy ahamiyati). Natijalar yetakchi korxonalarda tatbiq qilindi.
Avtoreferat yakunida dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tadqiqotchining ilmiy nashrlardagi chop etilgan ishlari keltiriladi. Ularda dissertatsiya ishining asosiy ilmiy natijalari, shuningdek uch tildagi – o‘zbek, rus, ingliz tildagi rezyume aks etadi.
Avtoreferatning har bir nusxasida barcha rezyumedan keyin dissertantning imzosi bo‘lishi kerak.
AVTOREFERATLARNI RASMIYLASHTIRISH QOIDALARI
Mazkur Qoidalar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 9 sentyabrdagi 421-son qarori bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi to’g’risida»gi Nizom hamda O’zR OAK Rayosatining 1996 yil 25 yanvardagi 34/2 qarori bilan tasdiqlangan va O’zR Adliya vazirligida 1996 yil 10 iyulda 261-raqam bilan ro’yxatga olingan «Ilmiy darajalar berish tartibi to’g’risida Nizom» asosida ishlab chiqilgan.
I. Dissertatsiya va avtoreferatlar uchun qo’yiladigan mezonlar
1. Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya muallif o’tkazgan tadqiqotlar va u yaratgan ishlanmalar asosida muhim xalq xo’jaligi, ijtimoiy-madaniy, ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga molik ilmiy muammo hal qilingan yoki tegishli fan sohasining istiqbolli yo’nalishini rivojlantirishda ulkan yutuq deb baholash mumkin bo’lgan nazariy qoidalar majmui ishlab chiqilgan yohud joriy etilishi fan va texnikani rivojlantirishga katta hissa qo’shadigan ilmiy asoslangan texnikaviy, iqtisodiy yoki texnologik yechimlar o’z ifodasini topgan ilmiy asar bo’lishi kerak.
2. Fan nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya fanning tegishli sohasi uchun katta ahamiyatga molik masala yangicha hal qilingan yoki muallifning muhim amaliy masalalarni hal etishni ta’minlovchi ilmiy jihatdan asoslangan texnikaviy, iqtisodiy yoki texnologik tavsiyalari o’z ifodasini topgan ilmiy asar bo’lishi kerak.
3. Dissertatsiya shaxsan yozilgan bo’lishi, muallif oshkora himoya uchun jamoat muhokamasiga taqdim etayotgan yangi ilmiy natijalar va holatlarning majmuini o’z ichiga olishi, mohiyat jihatidan ichki birlikka ega bo’lishi va muallifning shaxsan fanga ko’shgan hissasini aks ettirishi lozim.
Muallif erishgan yangi yechimlar jiddiy asoslangan va boshqa ma’lum bo’lgan yechimlarga nisbatan solishtirilgan holda tanqidiy baholangan bo’lishi kerak.
4. Amaliy ahamiyatga molik dissertatsiyada aniq muammoning yechimi va muallif erishgan ilmiy natijalardan amaliyotda foydalanilganligi to’g’risida ma’lumotlar, nazariy ahamiyatga molik dissertatsiyada esa ilmiy xulosalardan foydalanishga doir tavsiyalar berilishi lozim.
5. Fan doktori ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan ilmiy ma’ruza shaklidagi dissertatsiya talabgor tomonidan avval chop etilgan va ushbu fan sohasining mutaxassislariga keng ma’lum bo’lgan, fan va amaliyot uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan ilmiy va tajribaviy-konstruktorlik ishlarining majmui asosida tayyorlangan, muallif o’tkazgan tadqiqot va ishlanmalar natijalarining qisqacha umumlashtirilgan bayonidan iborat bo’ladi. Ilmiy ishning ahamiyati hamda ilmiy ma’ruza shaklidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishning maqsadga muvofiqligi to’g’risidagi xulosani talabgorning asosiy tadqiqotlari o’tkazilgan va ishlanmalari bajarilgan tashkilot beradi.
Ilmiy ma’ruza shaklidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishga ruxsatni ixtisoslashgan kengash murojaatnomasi asosida Oliy attestatsiya komissiyasi (bundan keyin – OAK) beradi.
Ilmiy ma’ruza shaklidagi dissertatsiya belgilangan shakldagi (7- ilovaga qarang) muqova (oldi va orqa tomoni) va matn qismini o’z ichiga oladi.
6. Dissertatsiyaning asosiy ilmiy natijalari ilmiy nashrlarda chop etilishi lozim.
Doktorlik dissertatsiyasining asosiy ilmiy natijalari yetakchi, taqriz qilinaditan ilmiy jurnallar va ilmiy nashrlarda e’lon qilinishi lozim.
Dissertantning ilmiy ishlarini umumiy soni 20tadan kam bo’lmasligi kerak. Talabgorning ilmiy ishlari qatorida nomzodlik dissertatsiyasi himoyasidan so’ng chop etilgan, OAK Rayosati tasdiqlagan jurnallar ro’yxatidagi davriy ilmiy jurnallarda kamida o’nta maqolasi bo’lishi kerak. Ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiyot sohalari bo’yicha doktorlik dissertatsiyasi natijalari yuzasidan monografiya nashr etilgan bo’lishi, boshqa fanlar sohalari bo’yicha esa, shuningdek, pedagogika, psixologiya, falsafa va iqtisod fanlari bo’yicha ham ushbu fan sohasi yuqori darajada rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy jurnallarida kamida ikkita maqola nashr etilgan bo’lishi kerak.
Nomzodlik dissertatsiyasining asosiy ilmiy natijalari bosma ilmiy nashrlarda chop etilishi lozim. Dissertantning ilmiy ishlarining umumiy soni beshtadan kam bo’lmasligi kerak. Talabgorning ishlari qatorida OAK Rayosati tasdiqlagan jurnallar ro’yxatidagi davriy ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida ikkita maqolasi bo’lishi kerak.
Talabgorning nashr etgan ilmiy ishlari dissertatsiyaning himoya qilinayotgan asosiy natijalarini aks ettirishi kerak.
Nashrga topshirilgan bo’lsa-da, lekin hali chop etilmagan ishlar dissertatsiya va dissertatsiya avtoreferatlarida keltirilishi mumkin emas.
7. OAK Veb-sahifasida dissertatsiyaning himoyasi to’g’risida e’lon berilganidan so’ng, ixtisoslashgan kengashning ruxsati bilan dissertatsiyaning qo’lyozma huquqidagi avtoreferati nashr qilinadi. Ilmiy ma’ruza shaklidagi doktorlik dissertatsiyasi avtoreferat sifatida tarqatiladi.
8. Avtoreferatda dissertatsiyaning asosiy g’oya va xulosalari bayon etilishi, o’tkazilgan tadqiqotlardagi muallifning qo’shgan hissasi, tadqiqot natijalarining yangilik darajasi va amaliy ahamiyati ko’rsatilishi shart.
Doktorlik dissertatsiyasining titul varag’i va avtoreferat muqovasining orqa tomonida faqat bitta ilmiy maslahatchi ko’rsatiladi.
Nomzodlik dissertatsiyasining titul varag’i va avtoreferat muqovasining orqa tomonida faqat bitta ilmiy rahbar ko’rsatiladi.
Zarur hollarda OAK ruxsati bilan dissertatsiyaning titul varag’i va avtoreferat muqovasining orqa tomonida ikkinchi ilmiy rahbar yoki ilmiy maslahatchini ko’rsatish mumkin. Ixtisosliklar tutashligida bajarilgan dissertatsiyalar bundan mustasno.
9. Dissertatsiya va avtoreferat o’zbek, rus yoki ingliz tillaridan birida yozilishi mumkin. Avtoreferat oxirida o’zbek, rus va ingliz tillarida qisqacha rezyume bo’lishi kerak.
Rezyumening hajmi doktorlik dissertatsiyasi uchun bir betdan va nomzodlik dissertatsiyasi uchun yarim betdan oshmasligi lozim.
10. Dissertatsiya avtoreferati bosmaxonada yoki ko’paytirish apparatlarida ixtisoslashgan kengash tomonidan belgilangan miqdordagi nusxada bosiladi.
III. Dissertatsiya avtoreferatini rasmiylashtirish qoidalari
30. Dissertatsiya bo’yicha qo’lyozma huquqidagi avtoreferat chop etilishi va ko’paytirilishi kerak. Avtoreferat WORDning 14 shriftida bir intervalda yoziladi.
Doktorlik dissertatsiyasi bo’yicha dissertatsiyaning qo’lyozma huquqidagi avtoreferati hajmi 32 betdan, nomzodlik dissertatsiyasi bo’yicha esa 16 betdan oshmasligi kerak (A4 format). Ijtimoiy va gumanitar fanlar sohalaridagi dissertatsiya avtoreferatining hajmi ko’pi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin.
Dissertatsiya avtoreferati belgilangan shakldagi (6- ilovaga qarang) muqova (oldi va orqa tomoni) hamda matn qismidan iborat. Avtoreferat muqovasi, illyustratsiyalar, avtoreferat oxirida beriladigan e’lon qilingan ishlar ro’yxati va rezyumelar umumiy hajmga kirmaydi. Avtoreferatda ilovalar bo’lmaydi.
Avtoreferatning barcha betlari muqovadan oxirgi betgacha tartib bilan raqamlanadi. Birinchi va ikkinchi betlar muqova va muqova orqa tomoni hisoblanib, ularga raqam qo’yilmaydi, keyingi betga «3» raqami qo’yiladi va hokazo. Tartib raqami betning quyi tomonining o’rtasiga qo’yiladi.
31. Avtoreferat matni quyidagi bo’limlarga bo’linadi:
1. DISSERTATSIYANING UMUMIY TAVSIFI. Ushbu bo’lim, odatda, quyidagi qismlardan iborat bo’ladi:
- mavzuning dolzarbligi;
- muammoning o’rganilganlik darajasi;
- dissertatsiya ishining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi;
- tadqiqot maqsadi;
- tadqiqot vazifalari;
- tadqiqot ob’ekti va predmeti;
- tadqiqot metodlari;
- himoyaga olib chiqilayotgan asosiy holatlar;
- ilmiy yangiligi;
- tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati;
- natijalarning joriy qilinishi;
- ishning sinovdan o’tishi (aprobatsiyasi);
- natijalarning e’lon qilinganligi;
- dissertatsiyaning tuzilishi va hajmi..
2. DISSERTATSIYANING ASOSIY MAZMUNI. Ushbu bo’limda bajarilgan tadqiqotning (dissertatsiyaning bo’limlari bo’yicha) qisqacha tavsifi bayon qilinishi kerak.
Zarur hollarda, avtoreferatda yakuniy matematik ifodalar, muhim grafiklar, diagrammalar, jadvallar keltiriladi va ular butun avtoreferat bo’yicha izchil ketma-ket arab raqamlari bilan belgilanadi.
3. XULOSA. Ushbu bo’lim asosiy xulosalarni hamda dissertatsiya natijalaridan foydalanish bo’yicha tavsiyalarni qamrab olishi kerak.
4. E’LON QILINGAN ISHLAR RO’YXATI. Bunda muallifning faqat dissertatsiya mavzusi bo’yicha ilmiy nashrlarda e’lon qilingan ishlarining ro’yxati beriladi. Ro’yxat standart talablariga mos ravishda tuziladi (3- ilovaga qarang).
E’lon qilingan ishlar ro’yxati nomzodlik dissertatsiyasi avtoreferatida qat’iy standartga mos ravishda xronologik tartibda keltiriladi.
Dissertantning chop etilgan ilmiy ishlari ro’yxati doktorlik dissertatsiyasi avtoreferatida uch bo’limdan iborat holda keltiriladi:
- birinchi bo’limda monografiyalar va ilmiy jurnallarda e’lon qiliigan maqolalar keltiriyaadi;
- ikkinchi bo’limda ixtirolar to’g’risidagi patentlar va mualliflik guvoxnomalarining ro’yxati keltiriladi;
- uchinchi bo’limda ilmiy to’plamlarda chop etilgan maqolalar, tezislar, prenrintlar, deponent qilingan ilmiy ishlar (ularning referati ilmiy jurnallarda nashr etilgan bo’lishi kerak), ilmiy jurnallarda chop etilgan referat, axborot va annotapiyalar ro’yxati beriladi.
Avtoreferatda barcha ilmiy ishlar dissertatsiya mavzusiga qat’iyan mos kelishi va nashr etilgan vaqtiga qarab tartib bo’yicha keltirilgan bo’lishi kerak. Avtoreferatda keltirilgan uchchala bo’limdagi ilmiy ishlar uzluksiz raqamlanadi.
Dissertatsiya va avtoreferatda ko’rsatilgan ilmiy ishlarning nashriga oid ma’lumot mavjud talablarga batamom mos ravishda keltirilishi, ya’ni barcha mualliflar to’la yozilishi xamda maqolalar chop etilgan to’plamlar va jurnallar betlari aniq ko’rsatilishi zarur.
5. REZYUME quyidagilarni o’z ichiga oladi:
- tayanch (eng muxim) so’zlar;
- tadqikot ob’ektlari;
- ishning maqsadi;
- tadqiqot metodlari;
- olingan natijalar va ularning yangiligi;
- amaliy ahamiyati;
- tatbiq etish darajasi va iqtisodiy samaradorligi;
- qo’llanish (foydalanish) sohasi.
Rezyume o’zbek, rus va ingliz tillarida yozilishi kerak. Rezyume namunalari 7- ilovada keltirilgan.
32. Avtoreferat asosiy bo’limlarining nomlari matnga simmetrik holda katta harflar bilan (raqam qo’yilmasligi kerak) yoziladi, birinchi bo’lim qismlarining sarlavhalari, odatda, xat boshidan to’q kichik harflar bilan yoki harflar orasi ochiq holda raqamlanmay yoziladi.
Avtoreferatning barcha nusxalarida oxirgi rezyumedan so’ng dissertantning imzosi bo’lishi shart.
Dissertatsiya himoyaga qabul qilinganidan so’ng avtoreferatga o’zgartirishlar kiritish mumkin emas.