O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi VM-149-son
qarori ("Oliy ta'lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta
taqsimlash tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash haqida") asosida, 2025-2026
o'quv yili natijalariga ko'ra magistratura bosqichida ta'lim grantini qayta
taqsimlashda ishtirok etgan 121 nafar talabgorga oid natijalar Jizzax Politexnika
Instituti Akademik va Ijtimoiy komissiyalari tomonidan ko'rib chiqildi.
04.08.2026-yildagi maxsus komissiya yig'ilishi (Bayonnoma № 1239-3382-2607) qarori
bilan quyidagilar tasdiqlandi:
1. To'liq va to'liq bo'lmagan ta'lim granti bo'yicha talabgorlar natijalari (1-ilova);
2. Qo'shimcha davlat granti bo'yicha talabgorlar natijalari (2-ilova);
3. Oliy ta'lim tashkiloti granti bo'yicha talabgorlar natijalari (3-ilova).
Har bir talabgor o'z mutaxassisligi bo'yicha natijasini quyida biriktirilgan
hujjatdan tanishib chiqishi mumkin.