Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida “Green Digital Transformation of Undergraduate Education in Ecology and Environmental Protection in Uzbekistan” (UzEcoDigit) – “O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida bakalavriat ta’limini yashil raqamli transformatsiya qilish” xalqaro loyihasi amalga oshirilmoqda.
Mazkur loyihaning asosiy maqsadi O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishidagi bakalavriat ta’limi sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, yashil va raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.
Loyiha Yevropa ta’lim va madaniyat ijro agentligi (EACEA) bilan grant shartnomasi asosida amalga oshiriladi. Loyihaning koordinatori Jizzax politexnika instituti hisoblanadi. Xalqaro hamkorlar tarkibiga Gretsiyaning International Hellenic University, Germaniyaning Technical University of Dresden, Italiyaning University of Teramo hamda Portugaliyaning Portuguese Catholic University oliy ta’lim muassasalari kiradi. Loyiha konsorsiumi jami 14 ta tashkilotdan iborat bo‘lib, ular quyidagilar:
Loyihaning umumiy davomiyligi 36 oy (3 yil) bo‘lib, loyiha raqami 101324403 — UzEcoDigiT hisoblanadi. Grant miqdori 784 043,81 yevro etib belgilangan.
2026-yil 19-noyabr kuni loyiha konsorsiumi hamkorlari ishtirokida birinchi onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda loyihaning maqsad va vazifalari, ish paketlari, hamkorlarning mas’uliyatlari, kutilayotgan natijalar, amalga oshirish muddatlari hamda tashkiliy va moliyaviy masalalar muhokama qilindi.
Mazkur xalqaro loyiha O‘zbekiston va Yevropa oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or xorijiy tajribalarni milliy ta’lim tizimiga tatbiq etish, ekologik barqarorlikni ta’minlash hamda oliy ta’limning yashil va raqamli transformatsiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi.