O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son
qarori asosida, 2026-2027 o'quv yilida talabalar safiga grant asosida tavsiya
etilmagan, ammo qabul balli talab darajasidan (4.06 balldan yuqori, 56.7 balldan
past) o'tgan abiturientlar uchun Jizzax Politexnika Institutida tabaqalashtirilgan
(super) to'lov-kontrakt miqdorlari belgilandi.
To'lov-kontrakt miqdori bakalavriat (kunduzgi, sirtqi va kechki) bosqichlarining
barcha ta'lim yo'nalishlari kesimida, bazaviy to'lov-kontraktga nisbatan 3,5
barobar miqdorda belgilangan.
Har bir ta'lim yo'nalishi bo'yicha aniq kontrakt miqdorlarini quyida biriktirilgan
hujjatdan (jadval) to'liq ko'rishingiz mumkin.
Eslatma: Ta'lim tashkilotlariga qabul qilish bo'yicha davlat komissiyasi tomonidan
bitta talabani bazaviy to'lov-kontrakt shaklida bir yillik o'qitish qiymati
oshirilganda, tabaqalashtirilgan (super) to'lov-kontrakt miqdori ham yangi bazaviy
to'lov-kontrakt miqdoridan kelib chiqib qayta belgilanishi mumkin.