📣 RASMIY E’LON
Hurmatli talabalar, professor-o‘qituvchilar va institut jamoasi!
Institutimizda taʼlim sifatini yanada oshirish, oʻquv jarayonlari hamda tashkiliy-boshqaruv tizimini takomillashtirish maqsadida oʻtkazilgan keng qamrovli soʻrovnomaning tahliliy natijalari tayyorlandi.
📌 Umumiy maʼlumotlar:
• Ishtirok etganlar: Kunduzgi ta’lim shaklining 1281 nafar talabasi.
• Qamrov: Institutdagi 17 ta kafedraga tegishli taʼlim dasturlari baholandi.
🔍 Tahlil qilingan asosiy yoʻnalishlar (Bloklar):
I-Blok. Taʼlim dasturining mazmuni va oʻquv jarayoni:
• Fanlarning mantiqiy bogʻliqligi va ketma-ketligi;
• Berilayotgan bilimlarning sohadagi soʻnggi yangiliklarga mosligi;
• Amaliy mashgʻulotlar va mustaqil taʼlim topshiriqlarining samaradorligi.
II-Blok. Tashkiliy-boshqaruv jarayonlari:
• Kutubxona va elektron resurslar bazasining yetarliligi;
• Dars jadvalining talabalar uchun qulayligi;
• Auditoriya va laboratoriya jihozlarining zamonaviy talablarga javob berishi;
• Tyutor va dekanat xodimlarining akademik yordam ko‘rsatish sifati.
III-Blok. Sifat tahlili va takliflar:
• Taʼlim dasturini maqbullashtirish va mehnat bozori talablaridan kelib chiqib yangi fanlarni kiritish boʻyicha tavsiyalar;
• Talabalarning yaratilgan taʼlim muhitidan umumiy mamnunlik darajasi.
Barcha faol talabalarimizga oʻz taklif va mulohazalari bilan ishtirok etganliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz. Ushbu natijalar kelgusida o‘quv jarayonini yanada yaxshilashda muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.
🔗 Batafsil maʼlumot va toʻliq tahliliy hisobot bilan saytimizda tanishishingiz mumkin: