2026-yil 19-noyabr kuni Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida amalga oshirilayotgan “Green Digital Transformation of Undergraduate Education in Ecology and Environmental Protection in Uzbekistan” (UzEcoDigit) – “O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishida bakalavriat ta’limini yashil raqamli transformatsiya qilish” xalqaro loyihasining birinchi onlayn uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Loyihada O‘zbekiston, Germaniya, Gretsiya, Italiya va Portugaliya oliy ta’lim muassasalari hamkorlik qilmoqda. Loyiha Jizzax politexnika instituti koordinatsiyasi ostida amalga oshiriladi.
Uchrashuv davomida loyihaning asosiy maqsad va vazifalari, ish paketlari, hamkor tashkilotlarning mas’uliyati, kutilayotgan natijalar, amalga oshirish muddatlari hamda moliyaviy va tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, Jizzax shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi ochilish uchrashuviga tayyorgarlik masalalariga e’tibor qaratildi.
UzEcoDigit loyihasi O‘zbekistonda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘nalishidagi bakalavriat ta’limi sifatini oshirish, o‘quv dasturlarini takomillashtirish, yashil va raqamli texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.