Jizzax Politexnika Instituti Yangi-Sayti hozircha test holatda ishlayabdi

Fakultetlar

Qurilish muhandusligi fakulteti dеkani

texnika fanlari nomzodi. PhD.. Mirzabekov Mirkomil Saidaxmadovich

Qabul vaqti: haftaning seshanba, payshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

Telefon: (93) 301-48-88

E-mail: mirkomil84@inbox.ru

Fakulteti o‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari

Sultanov Mansur G‘aniyevich

Qabul vaqti: har kuni soat 08-30 dan 16-00 gacha

Telefon: +99894 199-22-33

E-mail: msultonov626@gmail.com

Fakulteti yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari

Saidov Jasurbek Zafar o‘g‘li

Qabul vaqti:har kuni soat 08-30 dan 16-00 gacha

Telefon: +99888 483-77-70

E-mail: jasursaidov881@gmail.com


   Qurilish muhandusligi fakulteti tarixi
Mustaqillikdan keyin, 1992-yilda Toshkent politexnika institutining Jizzax filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoniga binoan, alohida mustaqil Jizzax politexnika institutiga aylantirildi. 1977-yilda Toshkent politexnika institutining Jizzax “Umumtexnika” fakulteti tashkil etildi. 1980-yilda u Toshkent politexnika institutining Jizzax filiali sifatida faoliyat ko‘rsatib, bunda asosan, “Sanoat va fuqaro qurilishi”, “Qurilish buyumlarini ishlab chiqarish” mutaxassisliklari bo‘yicha bugungi kunga qadar respublikamiz va viloyatimiz xalq xo‘jaligiga ko‘plab mutaxassislar yetkazib berdi. Bu vaqtga kelib institut tarkibiga Toshkent avtomobil yo‘llari institutning Jizzaxdagi “Umumtexnika”, Toshkent Kimyo texnologiya institutining Jizzax “Umumtexnika” fakultetlari ham birlashtirilib Jizzax politexnika instituti tarkibida 4 ta fakultet faoliyat ko‘rsata boshladi. Bular: “Qurilish muhandisligi”, “Muhandislik iqtisodiyoti”, “Avtomexanika”, “Kimyo texnologiya”, “Kechki-sirtqi” fakultetlari shular jumlasidandir. Hozirgi “Arxitektura va qurilish” fakulteti 2014-yil 12-iyundagi “Vazirlar Mahkamasining Jizzax politexnika instituti faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida 2012-yil 29- iyundagi 187-son qaroriga o‘zgartirish kiritish haqida” 157-son qarori, shuningdek, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2014-yil 14-iyundagi 229-sonli buyrug‘ini ta’minlash maqsadida, “Binolar va muhandislik inshootlari injineringi” nomi bilan “Avtotransport” hamda institutning “Sanoat texnologiyasi va qurilish” fakulteti bazasida “Sanoat texnologiyasi” fakultetlari tashkil etildi. Jizzax viloyatining ishlab chiqarish va qurilish tarmoqlari uchun malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish orqali mintaqaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash, Jizzax erkin industrial zonasida zamonaviy texnologiyalar asosida barpo etilgan korxonalar uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tizimli yo‘lga qo‘yish, respublika hududlarida arxitektura va qurilish sohasi xodimlari kasb darajasi va malakasini zamonaviy talablarga muvofiq muntazam oshirib borish tizimini joriy etish, shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2017- yil 5-sentyabrdagi 699-son qarori, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2017-yil 17- sentyabrdagi 650-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax politexnika institutida “Arxitektura va qurilish”, “Sanoat texnologiyalari”, “Avtotransport”, “Elektromexanika va radioelektronika”, “Servis” fakultetlari tashkil topdi. 2024-yilda Jizzax Politexnika institutida struturaviy o’zgarishlar amalga oshirildi. Shunga asosan Arxitektura va qurilish fakulteti Qurilish muhandisligi fakulteti deb nomlandi.
  Hozirgi kunda Qurilish muhandusligi fakulteti tarkibiga quyidagi kafedralar kiradi:
1.“Qurilish muhandisligi”
2.“Muhandislik kommunikatsiyalari”
3.“Qurilish materiallari va konstruksiyalari”
4.“Yo‘l muhandisligi”

  Fakultetda 4 ta ta’lim yo’nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi.
60730300 - Qurilish muhandisligi
60730500 - Yoʻl muhandisligi
60730400 - Muhandislik kommunikatsiyalari qurilish va ekspluatatsiyasi
60730500 - Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini loyixalashtirish va eksplatatsiyasi

  Bakalavriyat ta’lim yo‘nalishlarining malaka talablari
  1-KURS
60730100 – Arxitektura (turlari bo‘yicha)
60730300 – Bino va inshootlar qurilishi (bino va inshootlarni loyihalash,qurish)
60730400 – Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (Issiqlik-gaz ta’minoti va ventilyatsiya)
60730500 - Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini loyixalashtirish va eksplatatsiyasi