Fakultetlar

Kimyo muhandsiligi fakulteti dekani

texnika fanlari nomzodi. PhD. Mirzabekov Mirkomil Saidaxmadovich

Qabul vaqti: haftaning seshanba, payshanba va juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.

Telefon: (97) 815 85 00

E-mail: azzamberdikulov@mail.ru

Kimyo muhandsiligi fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini

Qosimov Orif Faxriddin o'g'li

Qabul vaqti: Seshanba, Shanba kunlari soat 08-30 dan 16-00 gacha

Telefon: +99899 572 00 91

E-mail: qosimovo047@mail.com


  Kimyo muhandsiligi fakulteti tarixi
Mustaqillikdan keyin, 1992 yilda Toshkent politexnika institutining Jizzax filiali O‘zbekiston respublikasi Prezidentining farmoniga binoan, aloxida mustaqil Jizzax politexnika institutiga aylantirildi. 1977 yilda Toshkent politexnika institutining Jizzax "Umumtexnika" fakulteti tashkil etildi. 1980 yilda u Toshkent politexnika institutining Jizzax filiali sifatida faoliyat ko‘rsatib, bunda asosan "Sanoat va fuqaro qurilishi", "Qurilish buyumlarini ishlab chiqarish" mutaxassisliklari bo‘yicha bugungi kunga qadar respublikamiz va viloyatimiz xalq xo‘jaligiga ko‘plab mutaxassislar etkazib berdi. Bu vaqtga kelib institut tarkibiga Toshkent avtomobil yo‘llari institutning Jizzaxdagi "Umumtexnika", Toshkent Kimyo texnologiya institutining Jizzax "Umumtexnika" fakultetlari ham birlashtirilib Jizzax politexnika instituti tarkibida 5 ta fakultet faoliyat ko‘rsata boshladi. Bular: "Qurilish muxandisligi", "Muxandislik iqtisodiyoti", "Avtomexanika", "Kimyo texnologiya", "Kechki-sirtqi" fakultetlari shular jumlasidandir. Hozirgi kunda institut rektori tomonidan 26-iyun 2024-yilda tasdiqlangan yangi tuzilmaga asosan institutda jami 6 ta fakultet tashkil etilib, Jumladan “Transport muhandisligi”, “Qurilish muhandisligi”, “Sanoat texnologiyalari”, “Kibersport” hamda “Kimyo muhandisligi” fakultetlari o‘z ish faoliyatini olib bormoqda.
  Hozirgi kunda Kimyo muhandisligi fakulteti tarkibiga quyidagi kafedralar kiradi:
1. Kimyoviy texnologiya
2. Kimyo
3. Arxitekturaviy loyihalash
4. O‘zbek va xorijiy tillar

  Magistratura mutaxassisligi
1. 70730101 – Bino va inshootlar arxitekturasi
2. 70710101 – Kimyoviy texnologiya

  Bakalavriat ta'lim yo'nalishlari
1-KURS

1. 60730900 – Shahar qurilishi va loyihalash
2. 60730100 – Arxitektura
3. 60710100 – Kimyo muhandisligi
4. 60711200 – Metallurgiya muhandisligi
5. 60721700 – Kadastr