Energetika va elektr texnologiyasi kafedrasi mudiri
Abdullayev Elnur Axmatovich
Dushanba va Juma kunlari soat 14:00 dan 16:00 gacha.
+998936135354
«Energetika va elektr texnologiyasi» kafedrasi haqida
Mazkur kafedra 1979-yilda Toshkent politexnika institutining Jizzax filialida faoliyat ko‘rsatgan “Umumta’lim fanlari” kafedrasi tarkibidan ajralib chiqqan.
Kafedra dastlab “Fizika” kafedrasi nomi bilan faoliyat yuritgan. 1992-yilda “Elektroenergetika” mutaxassisligi ochilishi munosabati bilan kafedra “Fizika va elektroenergetika” deb nomlangan. 2002-yilda uning tarkibidan “Elektroenergetika” kafedrasi ajralib chiqdi.
2005-yilda “Fizika” va “Elektroenergetika” kafedralari birlashtirilib, “Elektroenergetika va fizika” kafedrasi tashkil etildi. 2012-yilda yana “Elektroenergetika” kafedrasi alohida faoliyat yurita boshladi. 2020-yilda kafedra “Energetika” deb nomlandi va 2024-yildan boshlab “Energetika va elektr texnologiyasi” kafedrasi nomi bilan faoliyat yuritib kelmoqda.
Hozirgi kunda kafedra tarkibida 27 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat yuritmoqda. Jumladan, 1 nafar professor, 5 nafar fan nomzodi, dotsent, 7 nafar katta o‘qituvchi hamda 14 nafar assistentlar mavjud. Ular elektr energetikasi va energetika yo‘nalishlariga oid 53 ta fan bo‘yicha davlat ta’lim standartlariga muvofiq talabalarga bilim bermoqda.
Ayni paytda kafedra assistentlari M. Hasanov, A. Suyarov, A. Boliyev, A. Jumanov va U. Sarimsoqov mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy faoliyat olib bormoqda.
2023-yildan buyon Jizzax politexnika institutining Muqobil energiyalarni tadqiq etish ilmiy-amaliy markazida kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalari tomonidan kremniy asosidagi quyosh panellari ishlab chiqarilmoqda.
Shuningdek, kafedra tomonidan tashkilotlarda energiya auditi ishlarini amalga oshirish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, iste’molchilar bilan tegishli shartnomalar tuzilmoqda.
KAFEDRADA QUYIDAGI TA’LIM YO‘NALISHLARI BO‘YICHA MUTAXASSISLAR TAYYORLANADI
70710410 – Energiya tejamkorligi va energoaudit magistratura mutaxassisligi
Umumiy tavsifi
Magistrlar kunduzgi ta’lim shaklida, kredit-modul tizimi asosida tayyorlanadi. O‘qish muddati — 2 yil.
Kasbiy faoliyat
Mazkur mutaxassislik “Muhandislik ishi” sohasiga kiradi va quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
• ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari;
• davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari;
• sanoat korxonalari va energiya tizimlari.
Kasbiy vazifalar
• ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va natijalarni tahlil qilish;
• energiya tejamkor texnologiyalarni loyihalash;
• energoaudit ishlarini amalga oshirish;
• energiya tizimlari samaradorligini baholash;
• o‘quv va pedagogik faoliyat olib borish.
________________________________________
70710411 – Muqobil energiya manbalari magistratura mutaxassisligi
Umumiy tavsifi
Magistrlar kunduzgi ta’lim shaklida tayyorlanadi. O‘qish muddati — 2 yil.
Kasbiy faoliyat
• quyosh, shamol va boshqa muqobil energiya manbalari tizimlari;
• ilmiy-tadqiqot va pedagogik faoliyat;
• energiya qurilmalarini loyihalash va ekspluatatsiya qilish.
Kasbiy vazifalar
• muqobil energiya qurilmalarini loyihalash;
• energiya tizimlarini boshqarish va tahlil qilish;
• energiya samaradorligini oshirish;
• ilmiy izlanishlar olib borish.
________________________________________
60710400 – Energetika muhandisligi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
Umumiy tavsifi
Ta’lim kunduzgi va sirtqi shakllarda olib boriladi. Kunduzgi ta’lim muddati — 4 yil.
Kasbiy faoliyat
• energiya ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash tizimlari;
• energiya samaradorligini oshirish;
• zamonaviy texnologiyalarni joriy etish.
Kasbiy vazifalar
• ilmiy-tadqiqot ishlarida ishtirok etish;
• texnologik jarayonlarni tahlil qilish;
• energiya tizimlarini loyihalash va boshqarish.
________________________________________
60710500 – Elektr muhandisligi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
Umumiy tavsifi
Ta’lim kunduzgi (4 yil), kechki (4,5 yil) va sirtqi (5 yil) shakllarda amalga oshiriladi.
Kasbiy faoliyat
• elektr qurilmalarini loyihalash va ekspluatatsiya qilish;
• elektr energiyasini uzatish va taqsimlash;
• elektr tizimlarini boshqarish va diagnostika qilish.
Kasbiy vazifalar
• elektr tizimlarini tahlil qilish va loyihalash;
• texnik xizmat ko‘rsatish;
• energiya samaradorligini oshirish.
________________________________________
60712100 – Qayta tiklanuvchi energiya manbalari
Ta’lim yo‘nalishi haqida
Mazkur ta’lim yo‘nalishi qayta tiklanuvchi energiya manbalarini (quyosh, shamol, gidro va boshqa manbalar) o‘rganish, ulardan samarali foydalanish hamda zamonaviy energetik texnologiyalarni joriy etishga qaratilgan.
Kasbiy faoliyat obyektlari
• quyosh va shamol elektr stansiyalari;
• qayta tiklanuvchi energiya tizimlari;
• energiya saqlash va taqsimlash qurilmalari;
• energiya samaradorligi tizimlari.
Kasbiy faoliyat turlari
• qayta tiklanuvchi energiya tizimlarini loyihalash;
• montaj va ekspluatatsiya ishlari;
• energiya samaradorligini tahlil qilish;
• ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat.