Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari texnologiyasi kafedrasi mudiri
Zafarov Olmos
Seshanba, Payshanba va Juma | 14:00 – 16:00
+998722264055
“Qurilish materiallari va konstruksiyalari” kafedrasi 2017 yil sentyabr oyida tashkil etilgan bo‘lib, qisqa vaqt ichida qurilish materiallari sohasida ilmiy va amaliy salohiyatga ega yetakchi markazga aylangan.
Hozirgi kunda kafedrada 24 professor-o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Ularning tajribasi va ilmiy ishlari kafedraga quyidagi yo‘nalishlarda yetakchilik qilish imkonini beradi:
· Qurilish materiallari va kompozitsiyalarini yaratish va sinovdan o‘tkazish
· Innovatsion texnologiyalar yordamida mustahkam va ekologik toza materiallar ishlab chiqish
· Qurilish konstruksiyalarining bardoshliligini va seysmik chidamliligini tadqiq qilish
· Zamonaviy raqamli modellash va sun’iy intellekt asosida materiallar sifatini optimallashtirish
Kafedra o‘z faoliyati davomida talabalarni va ilmiy izlanuvchilarni yuqori malakali mutaxassislar sifatida tayyorlashga, shuningdek, qurilish sanoati uchun innovatsion yechimlar ishlab chiqishga intiladi. Shu bilan birga, kafedra ilmiy loyihalar, patentlar va xalqaro indekslangan nashrlar orqali ilmiy salohiyatini muntazam rivojlantirmoqda.
Ilmiy yo‘nalishlar
Kafedraning asosiy ilmiy yo‘nalishlari:
· Qurilish materiallarini rivojlantirish va sinovdan o‘tkazish
· Kompozitsion va aralash materiallar
· Konstruksiyalarning ilg‘or texnologiyalari
· Innovatsion texnologiyalar va raqamli modellash
Ilmiy yo‘nalishning maqsadi: zamonaviy qurilish materiallari va konstruksiyalarini tadqiq qilish orqali barqaror, samarali va xavfsiz qurilish texnologiyalarini rivojlantirish.
Ta’lim yo‘nalishlari
Bakalavriat:
· 60730700 - Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish
· 60730600 - Devorbop va pardozbop qurilish materiallari texnologiyasi
· 60720600 - Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi (qurilish)
Magistratura:
· 70730308 - Qurilish materiallari texnologiyasi
Tayanch doktorantura (PhD):
· 05.09.05 - Qurilish materiallari va buyumlari