Muhandislik kommunikatsiyalari kafedrasi mudiri
Musayev Sharof Mamarajabovich
Seshanba 14:00 – 16:00
+998971380709
MUHANDISLIK KOMMUNIKATSIYALARI kafedrasi tarixi
"Suv ta'minoti va kanalizatsiya" "Issiqlik, gaz ta'minoti va shamollatish" mutaxassisliklari 1980 yilda dastlab qabul qilinib, "Qurilish konstruksiyasi" kafedrasi (mudirlar dots. E. Abdullaev, dots. A. G'aniev) tarkibida o'qitish tashkil etildi. Bu davrda shu mutaxassisliklar bo'yicha T.Muqimov, U. Xolboev, N. Toshmatov, K. Takaboevlar mutaxassis o'qituvchilar sifatida faoliyat ko'rsatadilar. 1985 yilda birinchi marta bu mutaxassisliklar bo'yicha talabalar bitirib chiqishdi. 1983-1985 yillarda kafedra ikkiga bo'linib "Sanoat va fuqaro qurilishi arxitektoriyasi" mudir (dots. A.G'aniev) xamda "Qurilish fanlari" kafedralariga (kafedra mudiri A. Ikromov) o'zgartirildi. 1985-1988 yillarda shu mutaxassisliklar bo'yicha "Qurilish mashinalari" va "Umum muhandislik fanlari" (mudir dots. M.Soatov) kafedralari qoshida o'qitildi. 1988-1991 yillarda "Qurilish buyumlari kafedrasi" (mudir dots. A. Salimov) qoshida "Suv ta'minoti va kanalizatsiya" mutaxassisligi tayyorlandi. 1992 yildan boshlab "Suv ta'minoti va kanalizatsiya" (mudir katta o'qituvchi K.Takaboev) xamda "Issiqlik texnikasi va gidravlika" (mudir dots. U. Xolboev) kafedralari tashkil etildi. 1995 yilda kafedralar birlashtirilib, "Suv ta'minoti va issiqlik texnikasi" nomi bilan ataldi (mudir professor R. Eshonqulov) 1996 yildan boshlab kafedra nomi "Suv, gaz issiqlik ta'minoti va atrof muhitni muhofaza qilish" deb o'zgartirildi. 2000 yildan boshlab kafedra nomi "Mehnat va atrof muhitni muhofazasi" deb nomlandi va mudir etib dots. U.Xolboev tayinlandi. 2001 o'quv yildan boshlab "Mehnat va atrof muhit muhofazasi" kafedrasi qoshida "Muhandislik kommunikatsiya qurilishi" va "Ekologiya va tabiatdan foydalanish" mutaxassisliklariga talabalar qabul qilinish boshlandi. 2012 yildan boshlab kafedra nomi "Muhandislik kommunikatsiyalari" deb o'zgartirildi.
BAKALAVRIAT YO'NALISHI:
60730400 - "Muhandislik kommunikatsiyalarini qurilishi va montaji" (turlari bo'yicha)
60730500 - "Suv ta'minoti kanalizatsiya tizimlarini loyihalashtirish va ekspulutatsiyasi"
MAGSTRATURA YO'NALISHI:
70730401-Muhandislik kommunikasiya tizimlari, qurulish va montaji
Kafedra hamkorlari:
So'nggi yillarda Muhandislik kommunikatsiyalari kafedrasi ta'lim jarayonlarini amaliyot bilan mustahkamlash, talabalarga xalqaro standartlarga mos ta'lim berish, ilmiy tadqiqot ishlarini yanada samarali olib borish maqsadida bir qator mahalliy hamda xalqaro tashkilotlar va oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlik olib bormoqda:
Jizzax viloyati Suv Ta'minoti AJ
Jizzax viloyati Issiqlik ta'minoti DUK
Jizzax viloyati HududgazJizzax GTF
“AZIZA-LOYIHA” loyiha instituti
Shvetsarya Upsala universiteti
AQSh Mobile systems tashkiloti
Shvetsiya Oril dengizi Jamiyati
Piterburg davlat aloqalar universiteti
Tyuman industrial instituti
Gorodonikov nomidagi qalmiq davlat universiteti